TANJER (arab. Tanja) — Marokashning shim. qismidagi shahar, Gibraltar boʻgʻozi sohilidagi port. Tanjer provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 525 ming kishidan ziyod (1990y. lar oxiri). Shim. Marokashning savdotransport va tranzit markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Chetga sitrus mevalar, sabzavot, baliq va meva konservalari chiqariladi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, sement sanoati korxonalari mavjud.
Tanjerga mil. av. 2ming yillik oxirida finikiyaliklar tomonidan asos solingan. Mil. av. 1 a. dan boshlab Rim xukmronligi ostida boʻlgan. 5-a. da vandallar, 6-a. da Vizantiya egallagan. 8-a. boshlaridan arablar qoʻl ostiga utgan. Mamlakat shim. qismining muhim iqtisodiy va madaniy markazlaridan. 1471-y. da Portugaliya, 1661-y. da Angliya hukmronligi ostiga oʻtgan. 1684-y. dan Marokash tarkibida boʻlib, Marokashning boʻlinib ketishi natijasida maxsus rejimdagi zona qilib ajratilgan. Marokash mustakillikka erishgach (1956), yana uning tarkibiga kirdi.