TANAVOR

«TANAVOR», «Tanovar» (fors. jasur, qudratli, kuchli) — 1) oʻzbek xalq lirik kuyi; Fargʻona vodiysida keng tarqalgan. Oʻn beshdan ortiq ashula va cholgʻu yoʻllari maʼlum. Ashula yoʻllaridan ommaviylashgan «Tanavor1» xalq sheʼri («Qora sochim») bilan, «Tanavor2» Muqimiy sheʼri («Endi sendek…») bilan aylatiladi. Tanavor ashulalarida oʻzbek ayolining maʼnaviy goʻzalligi oʻz aksini topgan. Tanavorning cholgʻu yoʻllaridan «Gulbahor» kuyi bilan ketma-ket ijro etiladigan varianti ommaviylashgan. «Tanavor1»ni 1937-y. A. Kozlovskiy H. Nosirova ijrosida notaga olib, xonanda va simfonik orkestr uchun qayta ishlagan, keyinchalik «Tanavor» nomli simfonik poema (1952) va balet (1968) yaratgan. «T,2»ni Tanavor Sodiqov xonanda va orkestr uchun, M. Burhonov joʻrsiz xor uchun kayta ishlagan. Tanavor variantlari va ularning ohanglaridan S. Vasilenko va M. Ashrafiy («Boʻron»da Norgul, «Sevgi tumori»da Izzat partiyalarida), G. Mushel («Gʻazallar» siklida) va b. foydalanishgan, Tanavor asosida Yu. Rajabiy «Yuzni oydek…» qoʻshigʻini yaratgan. Tanavor kuyining turli yoʻlllarini A. Kozlovskiy (10 ga yaqin variantini), Yu. Rajabiy (5 dan ortiq variantini) va b. notaga olgan. Bularning ayrimlari J. Sultonov, B. Mirzayev, Tanavor Qodirov talqinida ommaviylashgan;

2) anʼanaviy oʻzbek xalq raqsi. Tanavor kuyining turli yoʻllari asosida ijro etiladi, 1943-y. M. Turgʻunboyeva saxnalashtirgan Tanavor raqsi keng tarqalgan. Unda oʻzbek qizining sevgilisi bilan uchrashish va visolga yetishi mukarrarligi aks ettirilgan.

Ad.:Tanavorlar (toʻplovchi vanashrgatayyorlovchi I. Gʻaniyeva), T., 2003.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x