DO`STLARGA ULASHING:
Terining quruqligi. Demak sizning organizmingizga Ye vitamini yetishmayapti.
Uning zahirasini to‘ldirish uchun oziq-ovqat tarkibiga yong‘oqlar, yog‘li baliq va o‘simlik moylarini qo‘shish zarur.
Sochlar va tirnoqlarning mo‘rtligi (salga sinish, tez sinib, uzilib ketish).
Ushbu belgilar organizmga V guruh vitaminlari va kalsiy yetmayotganligini bildiradi. Bug‘doy maysalarida, tuyilmagan bo‘g‘doy go‘jalarida, qora nonda bunday mahsulotlar serob.
Milklar qonashi. Organizmda S vitamini tanqisligi belgisi. Ushbu mahsulot piyozda, sarimsoq piyozda, mevalar va sabzavotlarda ko‘p. Shuningdek na’matak damlamasi yoki qarag‘ay barglari qaynatmasini ham ichsa bo‘ladi.
Yomon uxlash va jizzakilik (uyqusizlik va serjahllik, serzardalik).
Kaliy va magniy tanqisligi haqida belgi. Bunday mikroelementlar turshakda, o‘rik qiyomida, qora olxo‘ri (qoqida ham), lavlagida bo‘ladi.
Kechalari tomir tortishi, tirishish, changak (akashak) bo‘lish, talvasa. Ushbu holatlar ham magniy va kaliy yetishmasligi belgilari hisoblanadi.
Bilaklar va tirsaklarda tovuq eti, g‘udda-g‘udda et hosil bo‘lishi. Bu S va A vitaminlari yetishmasligining yaqqol belgisi. U to‘q sariq va apelsin rangli barcha sabzavotlar va mevalarda: sabzi, qovoqlar, pamidorlar, o‘riklar, turshaklarda mavjud.
Tuzli, sho‘r mahsulotlarni hohlayapsiz. Demak organizmingizda infeksiya bor yoxud shamollash jarayonlari kuchaygan, ayniqsa bu tanosil tizimlariga tegishli.
Shirinlik xohlayapsiz. Sizda asablar juda charchagan bo‘lishi mumkin va tezkor energetik madad, ya’ni glyukoza zarur. Bunday holda oshqozon-ichak tizimida muammo yuzaga kelmasligi uchun yaxshisi asal yoki achchiq shokolad iste’mol qilgan ma’qul.
Tuzsiz, kamtuz, nimtatir va shu kabi ovqatlarni xohlayapsiz. Bu belgi oshqozon-ichak gastriti yoki jigar muammolari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tuzsiz taomlar tortishishlarni (spazmlarni) yengillatishi va oshqozonni tinchlantirishi mumkin.
Taom tuzsizday tuyulsa. Sizda og‘ir ruhiy kayfiyat, ruhiy siqilish holati (depressiya) bo‘lishi mumkin.
Pista chaqishni hohlayapsiz. Sizning organizmingizga antioksidantlar (Antioksidantlar – manfiy zaryadlangan elektronli molekulalar. O‘sma, va yurak-tomir kasalliklarini bartaraf qiladi, organizmni sog‘lomlashtirib toksinlarni olib chiqadi.
Yangi uzilgan mahsulotlarda, ya’ni sabzavotlarda, mevalarda va ko‘katlarda mavjud) yetishmayapti.
Nordon narsalarni hohlayapsiz. Organizm jigar va oshqozon osti bezi faoliyatini kuchaytirishi uchun shunday mahsulotlarni talab qilmoqda. Taomnomangizga limon va klyukva (qizil, nordon mevali buta va uning mevasi) qo‘shing.
Dengiz mahsulotlarini yegingiz kelayapti. Demak organizmga yod yetishmayapti.
Achchiq va taxir narsalarni xohlayapsiz. Demak sizda oshqozon-ichak tizimida muammo bor. Organizmni juda mayin va yumshoq tozalash zarur.
Achchig‘i baland, mazasi (ta’mi) o‘tkir taomlarni xohlayapsiz. O‘tkir taomlar ovqat hazm qilish jarayonini kuchaytiradi, ammo ularni oqilona miqdorda iste’mol qilish, buning ustiga och qoringa yemaslik zarur.
psixolog Muhabbat Yusupova tayyorladi
pmt.uz