TANAIS

TANAIS — 1) antik shagʻar (mil. av. 3-a. — mil. 5-a.). Don daryosining quyi oqimi boʻyida joylashgan. Mil. boshlarida Bospor davlati tarkibida boʻlgan. T. Bospordagi yunonlar bilan Azov va Don boʻyidagi koʻchmanchilar oʻrtasidagi muhim savdo markazi boʻlgan. Mil. 3-a. ning 40y. larida gotlar rahbarlik kilgan kabilalar ittifoqi tomonidan butkul vayron qilingan. 4-a. ning 2yarmida qayta tiklangan, lekin kichik bir manzil sifatida 5-a. boshiga kadar mavjud boʻlgan. Tanaisdan turar joy, mudofaa devorlari, minoralar, darvozalar qoldiqlari, bitiklar, qabrlar va b. topilgan;

2) yunon muarrixlari tomonidan Don va baʼzan Sirdaryoning atalishi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x