TAN JAZOSI

TAN JAZOSI, jismoniy jazo (huquqda) — ibtidoiy jamoa davrida, shuningdek, musulmon huquqiyal jinoyat sodir etgani uchun jinoyatchini jismoniy qiynash, azoblash, unga tan jarohati yetkazish. Asosan zino, tuhmat, oʻgʻirlik, qaroqchilik (bosqinchilik), odam oʻldirish yoki uni jarohatlash, mast qiluvchi ichimliklar isteʼmol qilish, dindan qaytish, isyon kutarish va b. jinoyatlarga nisbatan belgilangan. Bunday jazolarni darra bilan urish, shaxening qoʻl va oyogʻini kesish, toshboʻron qilib, osib yoki boshini tanasidan judo qilib oʻldirish bilan amalga oshirish koʻzda tutilgan. Tan jazosi asosan qamchilar orqali ijro etilgan. Qamchi tuya yoki boshqa hayvon terisidan ishlangan.

Musulmon davlatlarida eng koʻp tarqalgan jazo turlaridan biri qoʻllarni kesish jazosidir. Bunday jazoni tayinlash uchun oʻgʻirlangan pul yoki moddiy boylik miqdori belgilab qoʻyilgan. Uyga, mayejidga kirib, choʻntakka tushib sodir etilgan jinoyatlar uchun soʻzsiz qoʻllar kesilgan. Kesish asosan barmoklarni, bilagigacha, oyoqni esa toʻpigʻigacha kesish orqali ijro etilgan. Shariat qoidalariga koʻra, oʻgʻirlik va bosqinchilik yoʻli bilan fuqarolarning mulkini egallash katta gunoh, oʻta ogʻir jinoyat hisoblangan. Shariatga oid manbalarda qaroqchilar musulmon yoki zimlshyning molini olgan boʻlsa, ularning oʻng qoʻllari bilan chap oyoqlari kesilgan. Agar mollarini olmasdan, ularni oʻldirgan boʻlsalar, jinoyatchilarning oʻzlari ham oʻldirilgan. Agar aybdorlar molni olmasdan turib, shaxsga tan jarohati yetkazgan boʻlsa, ularning barchasidan yetkazilgan tan jarohati darajasida qasos olingan. Bordiyu, jinoyatchilar molmulkni olib, soʻng shaxsga jarohat yetkazgan boʻlsa, ularning qoʻloyoqlari kesilgan.

Yangi ijtimoiy munosabatlarning tarkib topishi barobarida musulmon davlatlari huquqida 19-a. ning 2yarmidan yangi jinoyat, savdo, protsessual va b. qonun hamda kodekslar asosida mahkama ishlarini yuritish ustuvorlik kila boshladi (Jazo).

Gulchehra Matkarimova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x