TALʼAT POSHO, Meqmet Talʼat (1874, Turkiya — 1921.16.3, Berlin) — Yosh turklar inqilobining faol ishtirokchisi, «Ittigʻod va taraqqiy» partiyasi rahbarlaridan biri, Turkiyaning bosh vaziri (1917-y. fev. — 1918-y. okt.). 1890-y. dan ittihodchilar safida faollik koʻrsatgan. 1896-y. da Salonikiga surgun qilingan. Usmonli hurriyat jamiyatining asoschisi (1906). Bektoshiya sufiylik tariqatida ham qatnashgan. Yosh turklar inqilobidan keyin turli hukumatlarda ichki ishlar vaziri, pochta va telegraf vaziri (1913—17) lavozimlarini egallagan. Usmonli turk sultonligi parlamenti deputati. «Ittihod va taraqqiy» partiyasi MK raisi. Birinchi jahon urushi arafasi va urush paytida Talʼat Posho, Anvar Posho va Jamol Poshodan iborat triumvirat (uchlik) amalda Turkiya sultonligini boshkargan. Talʼat Posho xukumati turkchilik va islomchilik yoʻlini izchil davom ettirib, tashqi siyosatda Germaniyani qoʻllabquvvatlagan. Turkiyaning podsho Rossiyasiga karshi kurashida Turkiston xalqlari quvvatlashini umid qilgan. Turkiya va uning ittifokchisi Germaniya urushda yengilgach, Talʼat Posho oʻz safdoshlari bilan isteʼfoga chiqqan (1918.8.10). Ular Istanbulni tark etib (1918.2.11), Odessa orkali Germaniyaga ketishgan. T. P. Berlinda Dashnaksutyun aʼzosi tomonidan otib oʻldirilgan.
Ad.: Gʻaniyev G. Z., Turkiya v period pravleniya mladoturok, M., 1972; Rajabov K,., Buxoroga kizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, Talʼat posho, 2002.
Qahramon Rajabov.