TALIQON, Toliqon, Talqon oʻrta asrlarda Shim. Afgʻonistondagi qad. shahar va viloyat. Taliqon oʻrta asrlarda Toxaristonning poytaxti boʻlsada, Balxdan 3-marta kichik edi. T. Qunduzdan sharqda, Qunduzdaryo irmogʻi Taliqon daryosi boʻyida joylashgan. Taliqon mustahkam istehkomli, savdo yoʻllari kesishgan yerda joylashgani uchun obod va boy shahar hisoblangan. Oʻrta asrlarda uni, shuningdek, «Xuroson Taliqon i» deb ham atashgan, chunki ayni vaqtda bu nomdagi yana 2 shahar Qazvin va Rey viloyatlarida ham boʻlgan. Mahmud ibn Valmning yozishicha, Maymana viloyatidagi shahar ham Taliqon deb atalgan.
Firdavsiyning Sh«ohnoma»sida Taliqon shahri Afrosiyob podsholigi davri voqealari munosabati bilan qayd etilgan. Qadimda Taliqon atrofida chegara, tosh minorasi boʻlgan, uni sosoniylar shohi Varaxran V (421—438-y. larda hukmronlik qilgan) bunyod etgan. Arablar istilosi arafasida Taliqon alohida bir mulk boʻlib, uni Sahrak yoki Suhrob nomli shoh idora etgan. 10-a. da Taliqon shaqri Guzganon viloyati shohiga tobe boʻlgan. 12-a. da Taliqon manbalarda yana Xurosonning alohida viloyati tarzida qayd etilgan va unga bir qancha shahar va qishloqlar qaragan. Taliqon qalʼasi oʻrta asrlarda Mansurkoʻh yoki Nusratkoʻh deb nomlangan. U juda mustahkam boʻlib, 13-a. da Chingizxon qoʻshinlari uni kuch bilan egallay olmay, 7 oy qamal qilib olishga majbur boʻlishgan. Amir Temur va temuriylar davrida Taliqon dastlab Pirmuhammad ibn Jahongir mulki, soʻngra Shohrux davrida uning oʻgʻli Ibrohim Sultonga tegishli boʻlgan. 16a. oxirida Taliqonni temuriy Sulton Maxmud Mirzo va Xisravshohning noiblari idora etishgan. 1503—04 y. larda Toxariston va Badaxshonning katta qismini Shayboniyxon qoʻshinlari bosib olganda bu viloyatlar Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonga inʼom etilgan. Shayboniyxon oʻlimidan soʻng (1510) Toxariston va Badaxshonning katta qismi yana temuriylar (Mirzaxon oʻgʻli Sulaymonshoh) tasarrufida boʻlgan. Biroq uning nabirasi va vorisi Shohrux Mirzo davrida Taliqon Badaxshon shohlaridan Shoh Imod kuliga oʻtgan. 1584-y. T. ga shayboniylar qoʻshini kelib shahar Mahmud sulton ibn Sulaymon sultonga qaragan. U, oʻz navbatida, Shayboniylarning Balxdagi noibi Abdulmoʻmin Sultonga tobe boʻlgan. Taliqon viloyat markazi maqomini Ashtarxoniylar davrida ham saqlab qolgan. 18-a. ning 1yarmida Taliqon yoriylar sulolasidan Mir Sultonshoh tasarrufiga oʻtgan. 18-a. oʻrtalaridan Afgʻoniston tarkibida.
Ad.:Axmedov B., Istoriya Balxa, Taliqon, 19S2; Kamoliddinov Sh. S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazoʻchnoʻm istochnikam IX — nachalo XIII vv., T., 1996.
Shamsiddin Kamoliddinov.