TALAS VILOYATI

TALAS VILOYATIQirgʻiziston Respublikasining shim. gʻarbiy qismidagi viloyat, Talas vodiysida joylashgan. Shim., shim. gʻarbdan Qozogʻiston, jan. gʻarbdan Oʻzbekiston va Jalolobod viloyati, sharqsan Norin va Chu viloyatlari bilan chegaradosh. Talas viloyati 1944—55 y. larda mavjud boʻlgan, 1955—80 y. larda tuman, 1980-y. da qaytadan tashkil qilingan. Umumiy mayd. 11,5 ming km2. Aholisi 199,9 ming kishi (1999). Markazi — Talas sh.

Talas viloyatining yer yuzasi togʻli va shu tufayli murakkab relyef shakllariga ega. Gʻarbdan sharqqa 230 km ga choʻzilgan, eng keng joyi 80 km. Vodiyni qurshab turgan Qirgʻiziston va Talas Olatovlari sharqsa bir-biriga yaqinlashib, togʻ tugunini hosil qiladi. Bal. 650 m dan 4500 m gacha. Vodiy tomondagi togʻ yon bagʻirlari daryolar bilan parchalangan.

Talas viloyati turli xil qazilma boyliklariga ega. Konlardan Jeroy oltin koni, Achchiqtosh oltingugurt kolchedan koni katta ahamiyatga ega. Ular geologik jihatdan yaxshi oʻrganilgan. Sanoat zaxirasi boʻyicha bu konlardan oltin ajratib olish va sulfat kislotasini ishlab chiqarish. imkoniyati bor. Kumir, qurilish materiallari mavjud. Iqlimi kontinental. Yogʻingarchilik oz. Tekisliklarda yozi issiq, qurgʻoqchil, qishi sovuq. Iyulning oʻrtacha trasi 20—22°, yanv. niki —6°, —7°. Yillik yogʻin gʻarbda 200 mm, sharqda 400 mm gacha, vegetatsiya davri 130—160 kun.

Viloyat daryolari, asosan, Talas daryosi sistemasiga kiradi. Talas viloyati dagi Qarqara daryosi Axsi daryosiga quyiladi. Talas daryosi kattaligi boʻyicha Qirgʻizistonda 3oʻrinda turadi. Viloyatda tabiiy koʻllar yoʻq. Talas Olatovida muzliklar uchraydi. Tuprogʻi, asosan, boʻz tuproq. Togʻ yon bagʻirlarida (1600 — 2500 m)koʻpincha karbonatli qoʻngʻir tuproq va togʻ qora tuprogʻi uchraydi. Oʻsimliklardan chala choʻlda shuvoqefemerli va shuvoqbetaga oʻsimliklar oʻsadi. Balandtogʻ oʻtloqli mintaqada (2500 m dan yuqorida) archa, qaragʻay, pixta oʻrmonlari bor. Glyatsialnival mintaqada (3400—3600 m dan yuqorida) qoyatosh va shagʻallar orasida alp oʻsimliklari oʻsadi. Talas daryosi boʻylarida (Kumushtogʻdan Qoraqoʻlgacha) terak, tol va b. keng bargli daraxtlar bor. Togʻ yon bagʻirlaridan yaylov sifatida foydalaniladi.

Yovvoyi hayvonlardan ayiq, silovsin, arxar, togʻ takasi, kiyik, qobon, boʻri, sugʻur, har xil kemiruvchilar, qushlar, daryolarda baliq koʻp. Talas viloyatida Talas davlat kompleks va zoologiya koʻriqxonalari bor.

Talas viloyati Qirgʻiziston Respublikasida qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari ayrim turlarini yetishtirishda muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat, yengil sanoat, qurilish materiallari korxonalari bor. Shulardan eng yiriklari: Talas sh. dagi sut, pishloq zdlari, Qorabura tumanidagi yogʻ zavodi. Shuningdek, non, pivo zdlari, goʻsht ktlari, tikuvchilik, poyabzal fkalari faoliyat koʻrsatadi. Qurilish korxonalaridan gʻisht zdi, uysozlik kti, temirbeton buyumlari korxonasi, shagʻal saralash zdlari mavjud. Qayindi konidan granit qazib olinadi.

K. x. ning asosiy tarmogʻi — chorvachilik. Qoʻy, echki, qoramol, choʻchqa boqiladi. Parrandachilik, yilqichilik rivojlangan. Ot zotlarini yaxshilovchi Talas yilqichilik zdi mavjud. Dehqonchilikda gʻalla, tamaki, ozuqa, ildiz mevali oʻsimliklar ekiladi. Viloyatning quyi dehqonchilik rnlarida tokchilik, togʻ etaklarida mevachilik rivojlangan.

Viloyatdagi transportning asosiy turi avtomobil transporta. Yirik shaharlarni tutashtiruvchi magistral avtomobil yoʻllari bor.

Talas sh. havo yoʻli orqali Bishkek, Jalolobod, Toʻktagʻul, Yangibozor (Chatqol tumani) bilan bogʻlangan.

Talas viloyatida 3 xalq teatri, adabiyetnografik muzey, rassomchilikhunarmandchilik muzeyi, 4 madaniyat va istirohat bogʻi, Manas gumbazi bor. Manas eposining 1000-y. lik yubileyi munosabati bilan noyob Manas majmuasi qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x