TALAB VA TAKLIF

TALAB VA TAKLIFbozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi mik,doridir. Tovarlar dunyosidagi xilmaxillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Mac, oziqovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidanhaqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondiri lma gan, meʼyordagi va b. talablarga boʻlinadi. Har bir isteʼmolchining, yaʼni alohida shaxe, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talab i , barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab mikdorining oʻzgarishiga bir kancha omillar taʼsir qiladi. Ularning orasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar mikdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid mikdorining kamayishiga olib keladi. Taklif — muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar mikdori bilan ifoda etiladi; taklif ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) larning oʻz tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi. Bozorda tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasqda bevosita bogʻliqlik mavjud: narx qanchalik yuqori boʻlsa, boshqa sharoitlar oʻzgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha koʻproq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Mas., 10 soʻm narxda 3 tovar birligi taklif etiladi, agar narx 15 soʻmga koʻtarilsa, taklif hajmi 5 birlikka qadar koʻpayadi, agar narx 20 soʻmga yetsa, taklif hajmi 6 birlikka yetadi. Shunday qilib, taklif miqdorining oʻzgarishlari taklif egri chizigʻida bir nuqtadan ikkinchisiga koʻchishida oʻz ifodasini topadi. Egri chiziqning ijobiy ogʻishi tovar narxi bilan uning taklifi mikdori oʻrtasidagi bevosita bogʻliqdikni aks ettiradi.

Tovar taklifiga, tovarning oʻz narxidan tashqari bir qator omillar: shu tovarni ishlab chiqarish. zarur boʻlgan resurslar narxlari; qoʻllaniladigan texnologiya; solikdar va dotatsiyalar; taqchillik yoki narxlar oʻzgarishlarini kutish; bozordagi sotuvchilar soni va b. taʼsir koʻrsatadi. Mas., resurelarning arzonlashuvi muayyan tovarni ishlab chikarish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa uning taklifi oʻsishini stimullaydi. Taklifning oʻziga taʼsir koʻrsatadigan omillar oʻzgarishlariga, birinchi navbatda, narx oʻzgarishlariga sezgirligi taklif elastikligi deb ataladi.

Talab va taklif va t. ning tub mazmuni ularning narx orqali oʻzaro aloqadorlikda mavjud boʻlishidir. Bu aloqadorlik — talab va taklif qonuni bozor iqtisodiyotining obyektiv qonuni hisoblanadi. Talab va taklif va t. qonuniga koʻra bozordagi taklif va talab faqat miqdoran emas, balki oʻzining tarkibi jihatidan ham bir-biriga moye kelishi kerak, shundagina bozor muvozanatiga erishiladi. Bu qonun ayirboshlash qonuni boʻlib, bozorni boshqaruvchi va tartiblovchi kuch darajasiga koʻtariladi. Unga koʻra bozordagi talab oʻzgarishlari darhol ishlab chiqarishga yetkazilishi kerak. Bozordagi Talab va taklif va t. nisbatiga qarab ishlab chiqarish surʼatlar va tuzilmasi tashkil topadi. Jamiyat bu qonundan bozor muvozanatiga alokador omillarga taʼsir etish orkali foydalanadi.

Talab va taklif va t. qonunning nazariy asoslari dastlab A. Marshall asarlarida ifodalab berilgan.

Ad.: Shodmonov Sh. va b., Iqtisodiyot nazariyasi, Talab va taklif, 2003; Tojiboyeva D., Iqgisodiyot nazariyasi, Talab va taklif, 2003.

Ahmadjon Oʻlmasov, Muxtor Rasulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x