TAILAR — Hindixitoy, Jan. Xitoy va Shim. Sharqiy Hindistondagi xalqlar guruhi (siamlar, chjuan, lao, bui, shan, tay va b.). 70 mln. kishi (1990y. lar oʻrtalari). Tay guruhiga mansub tillarda soʻzlashadi. Tailar ajdodlari — Yanszi daryosining jan. sohillarida yashagan siyue va loyue qabilalari mil. av. 2—1 ming yilliklarda Jan. ga siljib Mekong, Xongxa va MenamChaoPrai vodiysidan monlar va kxmerlarning ajdodlarini surib chiqarib, qisman ular bilan aralashib ketganlar. 14-a. boshiga kelib Tailar hozir yashab turgan xududlarni egallaganlar. Dehdonchilik, bogʻdorchilik, hunarmandchilik, ovchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые