Tadqiqot: qo‘rquv ajdodlardan avlodlarga o‘tadi

Tadqiqot qo‘rquv ajdodlardan avlodlarga o‘tadi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Hayvonlarda o‘tkazilgan sinovlar natijalariga ko‘ra, ajdodlar hayotida yuz bergan hodisalar, o‘ziga xos «genetik xotira» orqali o‘tib, avlodlar raftorida iz qoldirishi mumkin ekan.

Tajribalarning ko‘rsatishicha, hayotda yuz bergan mudhish hodisalar, aftidan, spermadagi DNKning kimyoviy o‘zgarishi orqali genlarning faolligini o‘zgartirib yuboradi va bu miya ishlashi va bo‘lajak avlodlar raftoriga ta’sir qiladi.
Bu haqda Nature Neuroscience jurnali nashr etgan Atlantadagi Emori Universiteti Tibbiyot Markazidan Brayan Dias va Kerri Ressler hisobotida so‘z boradi, deya yozmoqda Sof.uz.
Unda ta’kidlanishicha, o‘rgatilgan sichqonlar ma’lum hiddan qo‘rqadilar va bu qo‘rquv ularning bolalari va nevaralariga ham o‘tadi.
Ekspertlar so‘ziga ko‘ra, bu kashfiyot qo‘rquv va fobiyalar sohasiga bog‘liq tadqiqotlar uchun juda muhimdir.
Tajriba doirasida olimlarni sichqonlarni gullagan shumurtnikiga o‘xshash atsetofenon nomli modda hididan qo‘rqishga o‘rgatganlar.
Sichqonlarni har gal elektr tokiga qo‘yish vaqtida ayni bo‘ydan hidlatganlar.
Shu tariqa kemiruvchilar atsetofenon hidi tarqalishi bilanoq qochishga odat qilganlar.
So‘ngra tadqiqotchilar bu sichqonlarning spermalarini o‘rganib chiqqanlar. Natijada «qo‘rqitilgan» erkak sichqonlar DNKsining shumurt hidiga hassos bo‘lgan Olfr151 geni joylashgan bo‘linmasi kuchaygani aniqlangan.
Bu genning kuchli ishlashi shumurut hidini sezuvchi retseptorning ham kuchli ishlashini anglatadi.
Otadan bolaga
Tajriba shaffofligini ta’minlash maqsadida olimlar «qo‘rqitilgan» sichqonlarni ularning bolalari bilan aloqa qilishga yo‘l qo‘ymaganlar.
O‘shanda ham o‘z ota-onalarini hech qachon ko‘rmagan sichqonlarning bolalari va «nevaralari» atsetofen hidini sezishlari bilan qocha boshlashgan.
Tadqiqotchilar shuningdek «qo‘rqitilgan» erkak sichqonlar miyasida o‘zgarishlar yuz berganini aniqlaganlar.
«Otalarning hayotiy tajribasi, bo‘lajak ajdodlarning asab tizimi ishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi», – deya xulosa qilinadi olimlar chiqargan hisobotda.
Tadqiqot natijalari «epigenetik meros» nazariyasini taqsdiqlaydi.
Unga ko‘ra, atrof muhit genlar tarkibiga ta’sir ko‘tsatishi mumkin va bu o‘zgarishlar o‘z navbatida ajdoddan avlodga o‘tadi.
London Kollej Universitetidan professor Markus Pembrining aytishicha, bu tadqiqot natijalari stress va qo‘rquvlar bilan shug‘ullanuvchi olimlar uchun o‘ta muhimdir
Uning ishonishicha, bu kashfiyot xotiraning ma’lum shakli nasldan naslga o‘tishi mumkinligini yaqqol isbot etadi.
«Biz ajdodlar tajribasini e’tiborga olmasak, diabet yoki semirish singari bemorliklar sabablarini hech qachon bila olmasak kerak deb gumon qilaman», – deb aytadi professor Pembri.
Olimlar faraziga ko‘ra, shumurut hidini tajriba qilish chog‘ida spermaga miyadan signal borgan va bu o‘z navbatida DNKni o‘zgartirib yuborgan.
Tadqiqotga xulosalariga muvofiq, nasliy xotira faqat ota tomonidan o‘tadi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x