TABINBOGDOOʻLA

TABINBOGDOOʻLAOltoy togʻlarining jan. sharqidagi togʻ massivi. RF, MXR va Xitoy chegarasida, Argut daryosi havzasining yuqori qismida joylashgan. Eng baland joyi 4356 m (Nayramdal togʻi). Kam parchalangan, bir necha baland va oʻtish qiyin boʻlgan dovonlar mavjud. T. B. Oʻ. Oltoydagi muzlik markazlaridan biridir (jami muzlik mayd. 160 km2). Qad. va hoz. zamon muzliklari ishi natijasida kelib chiqqan relyef shakllari (karr, sirk, trog, morena uyumlari) va qoyalar mavjud. Togʻ massivi gersin burmalanishi davrida hakllangan. Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, davomli, yozi salqin, qisqa, yogʻingarchilik kam. Togʻ etaklarida past boʻyli qayinlar oʻsadi, balandroq joylari yaylov, undan yuqorida togʻ tundralari, tosh chochmalari mavjud. Jan. yon bagʻrining daryo (Kobdo, Manas) havzalarida tilogʻoch oʻrmonlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x