TABIIY GEOGRAFIK OʻLKA — tabiiy geografik raionlashtirishning yirik birliklaridan. Tabiiy geografik oʻlka yirik tabiiy hududiy majmua boʻlib, maydoni bir necha yuz ming km2 dan mln. km2gacha boʻlishi mumkin. Tabiiy geografik oʻlka koʻp hollarda makrorelyef tuzilishi jihatidan yaxlit boʻlib, Yer poʻstining yirik morfostrukturasi (platforma, plita, qalkon, burmali oʻlka)ga toʻgʻri keladi. Mas., Sharqiy Yevropa tekislik oʻlkasi, Oʻrta Sibir yassitogʻlik oʻlkasi, Oʻrta Osiyo tekislik oʻlkasi, Oʻrta Osiyo togʻli oʻlkasi va h. k. T. g. oʻ. larni aniqlashda orografik va morfostrukturaviy xususiyatlardan tashqari makroiqlim va atmosfera jarayonlarining makroregional xususiyatlari, kengliklar boʻylab mintaqalanish kabi xususiyatlar ham eʼtiborga olinadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые