TABIAT MUZEYI, Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi — Markaziy Osiyodagi dastlabki yirik ilmiymaʼrifat muassasasi. «Toshkent muzeyi» nomi bilan 1876-y. Toshkent sh. da tashkil etilgan. 1921-y. da muzey qad. yodgorliklarni saklash, sanʼat va tabiat ishlari boʻyicha qoʻmita tasarrufiga oʻtkazilib, Oʻrta Osiyo bosh muzeyi nomini oldi. 1930-y. da tabiat boʻlimlari, qishloq xoʻjaligi. muzeyi hamda Zoologiya bogʻi bilan birga Oʻrta Osiyo tabiat muzeyi va ishlab chiqaruvchi kuchlar nomi berildi. 1935-y. yanvar oyida Uzbekiston Davlat tabiat muzeyiga aylantirildi. 1944-y. dan muzey boy ilmiy fondlarni sak,laydigan muassasa sifatida Uzbekiston FA tizimiga, 1963-y. dan esa Uzbekiston madaniyat ishlari vazirligi ixtiyoriga oʻtkazildi. Muzeyda zoologiya va botanika; geol. va geog. ; ilmiymaʼrifiy; fond yoki jam/arma boʻlimlari bor. Muzey koʻrgazma zallariga Yerda hayotning paydo boʻlishi va rivojlanishi, organik dune evolyutsiyasi, odamning paydo boʻlishi, respublika tabiati va uning boyliklari, ulardan foydalanish toʻgʻrisida koʻplab tabiiy eksponatlar, kolleksiyalar va koʻrgazmali materiallar qoʻyilgan.
Muzeyda jami 372021, jumladan botanika boʻyicha 10496, zoologiya boʻyicha 359642 (shundan 355045 hasharotlar), geol. boʻyicha 1883 eksponat bor (2004). Muzeyda oʻlkashunoslik va muzeyshunoslik masalalari boʻyicha i. t. ishlari qam olib boriladi. Muzeyni har yili 50 mingdan ortiq kishi kirib koʻradi.
Ergash Islomov.