TAʼRIF, definitsiya — muayyan tushuncha yoki terminning unga xos muhim belgilarini aks ettiruvchi qisqacha ifodasi; biron predmet yoki voqeahodisaning mazmunmohiyatini ochib, tushuntirib berish. Taʼrif tanish boʻlmagan termin (tushuncha)ning maʼnosini avvaldan maʼlum boʻlgan soʻz (termin)lar yordamida (nominal Taʼrif) yoki uni tanish soʻz (termin)lar boʻlgan matnga kiritish (kontekstual, matniy Taʼrif) orkali yuzaga keladi. Taʼrif fanda katta rol oʻynaydi, u har qanday ilmiy nazariyaning muhim qismini tashkilqiladi. Taʼriflar orqali fanga yangi tushunchalar, terminlar kiritiladi, uzok, muddat olib borilgan tadqiqotlarning natijalari qayd etiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые