TAʼMIRLASH

TAʼMIRLASH — biror narsani asli xoliga oʻxshatib yoki asliga yaqinlashtirib tiklash, bunyod etish; maʼlum qiymatga ega qad. sanʼat asarlari va moddiymadaniy yodgorliklarni tuzatish, yaxshilash, yarokli holga keltirish. Meʼmorlikda Taʼmirlash tarixiy inshootlarni qisman yoki toʻla dastlabki qiyofasiga keltirish (restavratsiya), keng maʼnoda tarixiy bino yoki majmuani oʻzgartirib qayta qurish (rekonstruksiya) jarayonini ifodalaydi. Koʻlami jihatidan Taʼmirlash juzʼiy (maʼlum kismi) yoki yoppasiga (butunlay) oʻtkazilishi mumkin. Zamonaviy Taʼmirlash nazariyasi boʻyicha Taʼmirlashning maqsadi tarixiy binoning qad. asl koʻrinishini kelgusidagi buzilishlardan saklab qolish chorasini koʻrishdir. Taʼmirlash sintetik va analitik uslublarga ajratiladi. Sintetik Taʼmirlashda meʼmoriy yodgorlikning dastlabki butun holatiga keltirish, analitik (arxeologik) Taʼmirlashda esa asl qismlarni buzilishlardan toʻxtatib qoʻyish. Taʼmirlash uslubi uzoq oʻtmishga ega. Oʻzbekistondagi qad. yodgorliklar pishiqpuxta, chidamli va mukammal qilib qurilganiga qaramay, davr ularning jozibasi va koʻrkini astasekin yemirib borgan. Keyingi yillarda Oʻzbekistondagi barcha madaniy yodgorlik va obidalarda Taʼmirlash ishlary keng koʻlamda olib borilmoqda. Taʼmirlashni muvaffaqiyatli bajarish uchun tajribali xalq ustalari (Usta Shirin Murodov, Toshpoʻlat Arslonqulov, Shamsiddin Gʻofurov, Quli Jalilov, Abdulla Boltayev, Mahmud Usmonov, Saidmahmud Norkoʻziyev va b.) dan Taʼmirlash qoidalaridan oʻrinli va mohirona foydalanish talab qilingan va ular shunga rioya qilgan holda ijobiy rivojlantirganlar.

Turli sabablar oqibatida yemirilgan koʻx,na obidalarni Taʼmirlash uchun dastavval bino poydevori arxeologik jihatdan avaylab, sinchkovlik bilan oʻrganiladi. Keyin uning meʼmoriy tuzilishi koshin va naqshlari, rangi, uslubiy jihatlari tadqiq qilinadi. Usta qad. poydevor ustiga qoʻyiladigan yukni mazkur bino koʻtara olishi yoki koʻtara olmasligini ham bilishi kerak. Nihoyat bino tarixi, qachon qanday maqsadda qurilganligi, madaniyat tarixida tutgan oʻrni mufassal tekshiriladi. Yetarli maʼlumotlar toʻplangandan keyin meʼmorlar, loyihalovchilar va b. hamkorlikda loyihasmeta hujjatini tuzadilar. Taʼmirlashda qad. usullardan unumli foydalanish maqsadga muvofikdir. Taʼmirlashning quyidagi koʻrinishlari mavjud: konservatsiya; akastilozyodgorlikning yerda yotgan boʻlaklarini joyiga oʻrnatib qoʻyish; ochishyodgorlikning barcha tarixiy kiymatga ega katlamlarini namoyish etish; toʻldirish — yodgorlikning yoʻq boʻlib ketgan joylarini toʻldirib qoʻyish; yangilash — binoning tarixiy nusxasini qurish, yoʻq boʻlib ketgan binoni yangidan tiklash (mas., Buxoriy yodgorlik majmui). T. jarayonida zamonaviy qurilish ashyolari va qurilmalarini koʻrinmaydigan joylaridagina foydalanish talab qilinadi.

Tasviriy va amaliy bezak sanʼatida Taʼmirlash, odatda, sanʼat asarlarini soʻnggi holatini mustahkamlash va ularni buzib turgan qatlamlaridan tozalash orqali asl holiga keltirish bilan amalga oshiriladi. Avvalo bu ishlar asarlar va buyumlarning xom ashyosi, yaratilish usuli, buzilishiga sabab boʻlgan omillar va turlarini puxta ilmiy tahlil qilish hamda sanʼat va moddiy madaniy yodgorliklar tarixini chuqur oʻrganish zaminida olib boriladi. Bunda spektral, xromatografik mikrokristal va b. tahlillar, rentgenografiya, makro va mikrofotografiya, infraqizil nurlar va b. vositasida tekshiirishlardan foydalaniladi.

Taʼmirlash jarayonida asarning buzilgan qismlari unga yaqin boʻlgan (monumental rangtasvir uchun ohakli suv, ikona va moyboʻyoq rangtasvirining asosi hamda yelim rassomligining boʻyoq qatlami uchun hayvonot yelimlari) yoki maxsus sintetik moddalar bilan uning tuzilishi tiklanadi yoki kimyoviy oʻzgargan unsurlar (rangtasvir asarining qoraygan lok va moyi, mis buyumlardagi gʻovak qurumlar), haykaltaroshlik, amaliy bezak sanʼati buyumlaridan keyinchalik kiritilgan qoʻshimchalar qisman yoki toʻliq olib tashlanadi. Rangtasvir asaridagi qoʻshimchalardan mualliflik qismlarini idrok qilishga xalaqit bermaydiganlari saqlanadi, asarning oʻziga xos tarixiy yoki badiiy qimmatga ega boʻlgan soʻnggi qatlami imkon qadar yangi asos va zaminga koʻchiriladi. Tasviriy va amaliy bezak sanʼati asarining buzilgan qismlarini oʻzboshimchalik bilan qayta tiklashga yoʻl qoʻyilmaydi, faqat ayrim hollardagina moyboʻyoq va b. rangtasvir asarlarida muallifning boʻyoq qatlami va asosini toʻldirishlardan muhofaza qilish chorasi sifatida Taʼmirlash qoʻllanadi.

Ad.: Zohidov P., Meʼmor sanʼati, Taʼmirlash, 1978; Haqqulov A., Taʼmir sanʼati, Taʼmirlash, 1991; Poʻlatov X.,OʻrolovA., Arxitektura yodgorliklarini taʼmirlash va kayta qurish, Taʼmirlash, 2002.

Xayrulla Poʻlatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x