TAʼLIMNING MILLIY MODELI

TAʼLIMNING MILLIY MODELIOʻzbekiston Respublikasida taʼlim tizimini yangilangan sogʻlom pedagogik tafakkur asosida tubdan isloh qilish, taʼlimtarbiya muassasalarida tayyorlanadigan kadrlarni intellektual, maʼnaviy va axloqiy saviyasiga koʻra rivojlangan mamlakatlardagi darajaga yetkazish boʻyicha belgilangan nazariymetodologik, amaliypedagogik yondashuvlar majmui. Taʼlimning milliy modelida maʼnaviyintellektual jihatdan barkamol shaxsning oʻz ijodiy qobiliyatini toʻla namoyon etishini taʼminlash koʻzda tutiladi.

Jahon taʼlim tizimi tajribasida mutlakr yangilik boʻlgan Taʼlimning milliy modeli shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz taʼlim, fan, ishlab chiqarish. singari 5 tarkibiy qismdan iborat. OʻzRning Kadrlar tayyorlash milliy dasturida Taʼlimning milliy modeli tarkibiy qismlari taʼriflanib, ularning asosiy vazifalari belgilab berilgan. Jumladan, shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, taʼlim sohasidagi xizmatlarning isteʼmolchisi va ularni amalga oshiruvchidir. Taʼlimning milliy modelining oʻziga xosligi tarkibiy qismning boshlanishidayoq yaqqol namoyon boʻladi. Unda shaxsga taʼlimning isteʼmolchisi, yaʼni obyektigina emas, balki uni amalga oshiruvchi, yaʼni taʼlim jarayonining subyekti sifatida ham qaraladi. Bu hol shaxsni taʼlimning isteʼmolchisidan bu jarayonning ijrochisiga aylantiradi, uning faolligini oshirib, rivojlanishini tezlashtiradi.

Davlat va jamiyat — taʼlim hamda kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga solish va nazorat kilishni amalga oshiruvchi, kadrlar tayyorlash va ularni kabul kilib olishning kafillaridir. Taʼlimning milliy modeliga koʻra, davlat va jamiyat oʻz zimmasiga kadrlar tayyorlash ishini tashkil etish, taʼlim jarayonini nazorat qilish hamda tayyorlangan mutaxassislar faoliyatini yoʻlga qoʻyish kafolatini oladi.

Uzluksiz taʼlim — malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi boʻlib, taʼlimning barcha turlarini, davlat taʼlim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat kursatish muhitini oʻz ichiga oladi. Taʼlimning milliy modeli shaxsning kamoloti umr buyi davom etadigan uzluksiz jarayon ekanligiga asoslanadi. Shuning uchun ham taʼlim tizimlarining barkamol insonni shakllantirishda ishtirok etishi lozim bulgan barcha boʻgʻinlar faoliyati uzviy va uzluksiz boʻlishi koʻzda tutiladi. Taʼlimning muayyan bosqichida biror shaxsda shakllantirilishi lozim boʻlgan bilim, malaka va kunikmalar mikdori, tartibi qamda bajarilish jarayoni ayni shu uzluksiz taʼlim tomonidan amalga oshirilishi zarur boʻladi.

Fan — yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi va ulardan foydalanadi, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqadi. Taʼlimning milliy modelining bu tarkibiy qismiga Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida ahamiyat berilgan. Chulki malakali mutaxassislarni tayyorlashda fan yutuklaridan foydalanilganidek, yuqori malakali mutaxassislar ishtirokisiz fanning rivojlanishi ham mumkin emas. Demak, fan bir vaqtning oʻzida tayyorlovchilik, isteʼmolchilik, rivojlantiruvchilik vazifalarini bajaradi.

Ishlab chiqarish — kadrlarga boʻlgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qoʻyiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiytexnika jihatidan taʼminlash jarayonining katnashchisi. Ishlab chiqarish Taʼlimning milliy modelining eng asosiy qismlaridan biridir. Xalq xoʻjaligining muayyan sohasi uchun zarur boʻlgan kadrlar mikdori, ularni tayyorlashda tayanilishi lozim boʻlgan iqtisodiy va texnologik asoslar ishlab chiqarish. tomonidan belgilanadi. Jamiyatning moddiy boyliklari ishlab chiqarish. jarayonida yaratilgani uchun u kadrlar tayyorlash tizimining moliyaviy va moddiytexnikaviy taʼminotini ham amalga oshiruvchi sanaladi.

Taʼlimning milliy modelida kadrlar tayyorlash borasida xalqimizga xos milliy xususiyatlar maksimal darajada hisobga olinishi taqozo etiladi. Shuningdek, unda barkamol shaxsni shakllantirish hamda uning akliy, kasbiy va maʼnaviy imkoniyatlarini eng samarali yoʻsinda ishga solish yoʻllari aniq hisobga olingan. Taʼlimning milliy modelida shaxsda shakllantirilishi zarur boʻlgan kasbiy va maʼnaviy sifatlarning uygunligiga alohida eʼtibor berilgan.

Ad.: Barkamol avlod orzusi, Taʼlimning milliy modeli, 2000.

Qozoqboy Yoʻldoshev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x