Lui ARAGON hikmatlaridan
- Agar koʻksimni tilsangiz, u yerdan Parijni topasiz.
- Adabiyot mamlakat uchun juda muhimdir, mohiyatiga koʻra, uning yuzi deyish mumkin.
- Ajoyib kechalarning birida kelajak oʻtmish deb nom oladi. Bu payt ortingga qaraysanda, olislayotgan yoshligingni koʻrasan.
- Baʼzida gʻolib boʻlish uchun chekinishga, qoʻlga kiritganingdan voz kechishga toʻgʻri keladi.
- Biz koʻpincha yoʻq joydan muammolar oʻylab topamiz.
- Davrimizning ziyonati yorqin shoirlardir. Angliyada – Kipling, Fransiyada Apolliner va Elyuar, Germaniyada Rilke, Rossiyada – Mayakovskiy va Yesenin, Armanistonda – Charens va Isaakyan. Bu mayoqlar bir-bir soʻnganda goʻyo dunyo zulmatga choʻmganday boʻldi.
- Dunyo yolgʻonchi guvohlarga toʻla.
- Yoshlar orzu qiladi. Qarilar eslaydi.
- Quyosh hamisha ishqibozlarining koʻzini qamashtirgan.
- Men bu kitobni ikkita bir-biriga oʻxshamaydigan davrni qiyoslab boʻlmasligini koʻrsatish uchun yozdim. Oʻtmishni bugungi kundan kelib muhokama qilish yoki izohlashdan koʻra johilona ish yoʻq.
- Odam nimadan hayratlansa, oʻshani koʻngliga yaqin oladi.
- Odamlar koʻpincha oʻzlarining vaqtinchalik baxtsizliklarini dunyodagi eng muhim narsa deb hisoblaydilar.
- Optimizm buyuk kishilarning ziynatidir.
- Rashk bu – jon joyingga toʻxtov bilmay sanchilayotgan ignadir.
- Tanqid muddatsiz surgundir.
- Taʼlim berish – umid urugʻini ekish demakdir.
- Toʻgʻrilik koʻpincha muhokama qilinmaydi.
- Faqat mehnatgina insonning qiyofasini oʻzgartira oladi.
- Hayotda hech bir narsa biz tasavvur qilgandek boʻlmaydi.
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
“Yoshlik”, 2017 yil 10-son
https://saviya.uz/ijod/nasr/talim-berish-umid-urugini-ekish-demakdir/