T — oʻzbek Kirill alifbosining yigirmanchi harfi. Til oldi, portlovchi shovqinli, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Soʻzning boshi (tan, tosh, togʻ), oʻrtasi (vatan, chetan, qattiq) va oxirida (yigit, odat, harakat) kela oladi. Soʻz boshida eng koʻp qoʻllanadigan harf-tovushlardan. Bir qancha oʻzlashma soʻzlarning oxirida ketma-ket kelgan undoshlarning soʻnggisi t boʻlsa, koʻpincha talaffuzda tushib qoladi: (past), (doʻst), (daraxt), mashinis(t) kabi. Yana bir guruh soʻzlarda soʻz oxiridagi d tovushi t tovushiga almashadi: yod (xotira) — yot, qand— qant, savod—savot, baland—bala(n) t kabi. Aksincha, oʻgʻiz shevalarida soʻz boshidagi t baʼzan d ga almashadi: togʻ— dogʻ, temir—demir, tish—dish kabi. Lekin yuqoridagi qar uchala holat ham imlo (yozuv)da aks etmaydi. T harfi oʻzbek xalqi tarixan qoʻllagan barcha yozuv turlari (alifbolar)da uziga xos kurinishlarga ega boʻlgan.
T
от admin