SYUJET (frans. — predmet, mazmun, narsa) — badiiy asar mazmunini tashkil etadigan, birbiri bilan oʻzaro bogʻliqlikda kechadigan, qahramonlar oʻrtasidagi aloqalardan tarkib topgan voqealar tizimi. Barcha epik, dramatik va liroepik turdagi badiiy asarlarda Syujet mavjud boʻladi. gʻar bir adabiy turda Syujet oʻziga xos xarakterna ega. Koʻpgina lirik asarlarda koʻzga yaqqol tashlanib turadigan Syujet tizimi yoʻq. Ulardagi histuygʻu, oʻykechinmalar rivoji qaysidir maʼnoda lirik asar Sini tashkil etadi. Ayrim adabiyotshunoslar syujetlilik umuman lirik turga xos xususiyat emas, deb hisoblaydi. Chunki lirik asarda voqealar tizimi boʻlmasligi ham mumkin. Ayni choqda, S faqat voqealar tizimidan ham iborat emas.
Badiiy asarda tasvirlangan voqealar tizimining oʻzaro munosabatiga koʻra S asosan xronikal (voqeaband) va konsentrik (voqeaband boʻlmagan) turlarga boʻlinadi. Xronikal Syujetda voqealar orasidagi vaqt munosabati yetakchilik qiladi (mas, D. D. Defonnnt «Robinzon Kruzo», Servantesnish «Don Kixot», Oybeknit «Navoiy», P. KpduGʻ>ovning «Yulduzli tunlar» asarlari). Konsentrik Syujetda esa asarda tasvirlangan voqealar orasidagi sabab — natija muhim ahamiyat kasb etadi (mas, Pushki«ning «Yevgeniy Onegin», O. Yoqubovning «Muqaddas», «Ulugʻbek xazinasi» asarlari). Ammo badiiy asarlarda yuqoridagi Syujet larning har ikki turi uygʻunligidan tarkib topgan shakli koʻproq uchraydi (mas, Abdulla Qodiriyshng «Oʻtgan kunlar», Choʻlponning «Kecha va kunduz» asarlari).
Badiiy asar Si tasvirlanayotgan voqelik va asarda ishtirok etadigan qahramonlar masalasiga bevosita bogʻliq. Chunki Syujet asosidagi voqelikda qahramonlar harakat qiladi va, eng muximi, haqiqiy badiiy asarlarda avvalo qahramonlar oʻz dardidunyosi bilan namoyon boʻladi. F. M. Dostoyevskiyning «Jinoyat va jazo» romanida Raskolnikov, A. Qaxdorning «Sarob» romanida Saidiy, Togʻay Murodnit «Otamdan qolgan dalalar» romanida Dehqonqul obrazlari atrofida voqealar sanʼatkorona tarzda uyushtirilgan.
Badiiy asar Syujeti ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, kulminatsiya, yechim singari bir kdgor unsurlardan tarkib topadi. Mas, Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanidagi Xudoyorxon bilan Anvarning toʻqnashuvi epizodi asarning kulminatsion nuktasi sanaladi. Soʻngra voqealar yechimi keladi. Badiiy asarda Syujet unsurlari baʼzan turlicha xajm va turlicha tartibda kelishi mumkin. Shuningdek, ayrim asarlarda ekspozitsiya yoki yechim singari Syujet unsurlari boʻlmasligi gʻam mumkin. Bu aslo kamchilik emas, aksincha, oʻquvchini badiiy tafakkurga chorlaydi, tasavvurini kengaytiradi. Baʼzi adabiyotshunoslar prolog (mukaddima) va epilog (xotima)larni xam Syujet elementa sifatida koʻrsatadilar (A Qodiriy romanlarida bu unsurlar mavjud). Syujet kompozitsiya, konflikt, fabula kabi adabiy tushunchalar bilan ham mustahkam bogʻlangan.
Ad.: Izzat Sulton , Adabiyot nazariyasi, T., 1979; Quronov D., Adabiyotshunoslikka kirish, Andijon, 2002.