SXEMOTEXNIKA

SXEMOTEXNIKA — radiotexnika, aloqa, avtomatika, hisoblash texnikasi va b. ning elektron qurilmalarini taxlil va sintez qilish muammolarini oʻz ichiga olgan ilmiytexnikaviy yoʻnalish. Yuqorida sanab oʻtilgan qurilmalarning aniq ishlashini taʼminlash va ularning tarkibiga kiradigan elementlarning parametrlarini hisoblash uchun qoʻllanadi. «Sxemotexnika» termini 20-a. 60y. larida koʻp funksiyali elektron qurilmalarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq ravishda paydo boʻlgan. Sxemotexnikaning nazariy bazasini chiziqli va nochiziqli elektr zanjirlari nazariyasi, elektrodinamika, matematik dasturlash, avtomatlar nazariyasi va b. tashkil qiladi. Elektr va radioelementlar (rezistorlar, kondensatorlar, diodlar, tranzistorlar va b.) va integral mikrosxemalar elektron qurilmalarning elementlar bazasi sifatida xizmat qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x