SVERDLIN Lev Naumovich

SVERDLIN Lev Naumovich (1901.16.11, Astraxon — 1969.29.8, Moskva) — Xalq artisti (1954). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1944). 1921-y. Turkiston Siyosiy boshqarmasi qoshidagi teatr studiyadan S. Moskvaga oʻqishga joʻnatilgan. Oʻqishni tugatgach (1926), 1937-y. gacha Meyerxold, 1937—40 y. lar Vaxtangov teatrlarida, Moskva drama teatri, 1954—67 y. lar V. Mayakovskiy nomidagi teatrda ishlagan. Sverdlin oʻzbek professional aktyorlarining birinchi muallimlaridan. U 1924—30 y. lar Moskvada birinchi va ikkinchi oʻzbek drama studiyalarida dars bergan («Qorovul uyqusi», «Yorqinoy» spektakllarini sahnalashtirgan). Tixon («Momaqaldiroq»), Poloniy («Xamlet»), Xlebnikov («Nomus qonuni»), Melodi («Shoir qalbi») va b. sahnada yaratgan eng yaxshi rollaridan, «Moskvadan yiroqda» (Zalkind), «Moviy dengiz yonida» (Yusuf), «Toqqa qochgan Alitet» (Alitet), «Yoʻl» (Beimbetov) kabi filmlarda suratga tushgan. Toshkentda onasi yashagani tufayli u Oʻzbekistonga teztez kelib turgan va milliy kinomizning shakllanishiga munosib hissa qoʻshgan. 1943-y. S. «Nasrnddin Buxoroda» filmida Xoʻja Nasriddin obrazini yaratgan. Shuningdek, Toshkent kinostudiyasida yaratilgan «Uning ismi SuxeBator» («Mongolkino», 1942) filmida ham SuxeBator rolini oʻynagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x