SVEDBERG Teodor (1884.30.8, Valbo — 1971.26.2) — shved fizik kimyogari. Shved Kirollik FA aʼzosi (1934). Upsal un-tini tugatgan (1907). 1921-y. dan prof. Upsaldagi Yadro kimyosi inti direktori (1949-y. dan). Asosiy ilmiy tadqiqotlari kolloid kimyo, molekulalarning oʻlchamlari va shakllarini aniqlash hamda elektroforezga oid. Svedberg molekulalarning mavjudligini va zamonaviy molekulyarkinetik tasavvurlarni asoslab bergan (1907). Eritmalardan kollond zarrachalarni ajratib olishning ultratsentrifugalash usulini kashf etgan (1919) va yuqori dispers zollarni tekshirish uchun ultratsentrifugalar yasagan (1923). Nobel mukofoti laureati (1926).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые