SUYUNOVA Zamira Rajabovna

SUYUNOVA Zamira Rajabovna (1958.27.6, Kitob tumani) — xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1999). Toshkent konservatoriyasini xor dirijyorligi ixtisosligi boʻyicha tugatgan (1981). Oʻzbek ashulachilik sanʼati sirlarini Gʻ. Toshmatov, K. Ismoilova, A. Ismoilovlardan oʻrgangan. Dutorchi qizlar ansambli repertuari shakllanishida xonanda (1979-y. dan), musiqa rahbari (1984-y. dan) va badiiy rahbar (1995—2002) sifatida xizmatlari alohida. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻqituvchi, dotsent (2004-y. dan). Jarangdor, butun diapazonida tiniq ovozga ega boʻlib, maqom yoʻllari («Dugoh Husayn», «Savti Chorgoh», «Saraxbori Dugoh taronasi» va b.), xalq ashula, yalla va laparlari («Yoʻl boʻlsin», «Yoryor» va b.), ayniqsa, bastakorlar asarlari (Gʻ. Toshmatovning «Baxtimdan», A. Ismoilovning «Oybuloq», «Bilmam, adashdimmi», «Alla», «Ayol qalbi» va b.)ni nozik did bilan va badiiy taʼsirchan talqin etgan. Suyunova shirali, mayin ovoz sohibasi. Bastakor sifatida bir qator («Vatan ishqi», «Alla», «Gul ochilsa», «Ona boʻlib» va b.) qoʻshiq va ashulalar yaratgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonojamgʻarmasiga, 3 grammplastinka, bir necha audiokassetalarga yozilgan. Uning hayoti va ijodiga bagʻishlangan telefilm va videofilmlar suratga olingan. Angliya, Fransiya, Ispaniya va Germaniyada gastrodda boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x