SUYAK UNI — soʻyilgan mollar suyagidan yogʻsizlantirilib, bugʻda yelimsizlantirilib tayyorlanadigan va qishloq xoʻjaligi. hayvonlariga, parrandalarga beriladigan mineral ozuqa. Su. mineral moddalarga, ayniqsa, kalsiy (1 kg da 245 g) va fosfor (118 g) ga boy. Asosan, omixta yemlarga, silosga, konsentrat ozuqalarga qoʻshib, maydalangan ildizmevalarga aralashtirib beriladi. Su. ni, shuningdek, baliqlarga, boʻtqa holiga keltirib moʻynali hayvonlarga ham berish tavsiya etiladi. Bir kechakunduzda sogʻin sigirlarga 60—200, novvoslarga (1 yoshgacha) 1540, qoʻylarga 35, uy parrandalariga (tovuq, oʻrdak, gʻoz, kurka) 3—10 g dan beriladi. Su. aralash yemga ozuqa massasining 1% mikdorida qoʻshiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые