SUXUMI — Gruziyadagi shahar. Abxaziya poytaxti. Qora dengizdagi port, t. y. stansiyasi. Aholisi 120 ming kishi (1990y. lar oʻrtalari). Mil. av. 6-a. da yunon savdogarlari Suxumi oʻrnida Dioskuriada sh. ga asos soldilar. 1-a. boshlarida Vizantiyaga qarashli, Gruziya solnomalarida dastlab 736-y. da Sxum nomi bilan tilga olinadi. 12-a. dan Genuya faktoriyasi, 1724—1810-y. larda turklarning SuxumQalʼa istehkomi. 1864-y. dan Suxum harbiy boʻlimi markazi. Shaharda yengil (shu jumladan, koʻnpoyabzal), oziqovqat (goʻsht, sut, konserva, baliq, tamaki, vino korxonalari), mashinasozlik va metallsozlik sanoatlari (priborsozlik, eksperimental gaz apparaturalari z-dlari), Suxumi GES (Gumista daryosida) ishlab turibdi. 2 in-t (shu jumladan, Abxaz inti), Eksperimental patologiya va terapiya in-ti (maymunlar pitomnigi bilan birga), Suxumi botanika bogʻi, 3 teatr, D. I. Gulia adabiymemorial muzeyi, N. A. Lakoba uy-muzeyi bor.
Suxumi iqlimiybalneologik kurort. Yozi issiq (iyulning oʻrtacha t-rasi 24°), qishi iliq (yanv. ning oʻrtacha t-rasi 6°); yillik yogʻin 1460 mm. Davolash vositalari: iqlimiy terapiya, dengizda choʻmilish, mineral suvlar (asosan, vannasiga tushiladi).
Suxumi Kavkaz va Qora dengiz boʻyidagi muhim turizm markazlaridan biri. Sanatoriy, dam olish uylari, pansionatlar, turbazalar bor.