SUVARAKLAR (Blattoptera) — hasharotlar turkumi. Uz. 4—95 mm. Oldingi koʻkrak boʻgʻimi boshini qisman yopib turadi. Moʻylovlari uzun, qilsimon, koʻp boʻgʻimli. Ogʻiz organlari kemiruvchi. Qanotlari pardasimon, oldingi qanotlari nisbatan qalin. Bir qancha turlarining qanoti rivojlanmagan yoki boʻlmaydi. Oyoklari yuguruvchi. Erkaklari qorin boʻshligʻida hid bezlari boʻladi. Chala oʻzgarish orqali rivojlanadi. 3600 ga yaqin turi bor; asosan, tropik va subtropiklarda tarqalgan. Suvaraklar — tungi, yashirin hayot kechiradigan hasharotlar. Oʻsimlik qoldiqlari orasida, toshlar ostida, yerdagi yoriqlarda yashaydi. Tuxumlarini maxsus kapsula — ootekaga qoʻyadi, 3—4 oydan 3 — 4 yilgacha rivojlanadi. Hamma narsani yeyaveradi. Qora suvarak va sariq suvarak sinantrop boʻlib, Yer yuzining hamma joyida xonadonlarda yashaydi. S uyda oziq zaxiralari, xona oʻsimliklari, kitoblarga va teridan tikilgan kiyimlarga ziyon keltirishi, ichburugʻ bakteriyalarini va gelmintlar tuxumlarini tarqatishi mumkin. Oʻzbekistonda Suvaraklarning 30 ga yaqin turi, jumladan, xonadonlarda 2 turi (sariq suvarak va qora suvarak) tarqalgan.
3 2 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии