Sut tishlari qachon chiqa boshlaydi?

Sut tishlari qachon chiqa boshlaydi?

Bezovtalik, ishtaha pasayishi, injiqlik va hatto isitma… Bolalarda bunday belgilar kuzatilishi har doim ham xastalik alomati bo‘lavermaydi. Jumladan, kichkintoylarda sut tishlari chiqayotgan pallalarda.

Xo‘sh, yosh ota-onalar bu haqda nimalarni bilishlari kerak? Tish chiqayotgan davrda bolalarga qanday yordam ko‘rsatish zarur?

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Kamola SOLIHOVA bilan suhbatimiz shu mavzuda bo‘ldi.

— O‘g‘il-qizlarda sut tishlari chiqishi qanday belgilar bilan namoyon bo‘ladi?

— Bu bolaning xatti-harakati va holatida yaqqol seziladi, — deydi shifokor. — Ya’ni ushbu davrda go‘dakda so‘lak ajralishi ko‘payadi, ishtaha pasayadi, milk shishadi. Ammo yuqori tana harorati, diareya kuzatilsa, darhol pediatrga murojaat qilish lozim.

— Tish chiqish jarayonida og‘riqni kamaytirish uchun qanday choralar ko‘rish lozim?

— Bu borada qator tavsiyalar ishlab chiqilgan. Biroq zamonaviy tibbiyot 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda tish milkiga anestetik gel va shu kabi boshqa suyuqliklar surishni tavsiya etmaydi.

Buning o‘rniga, juda oddiy va zararsiz hisoblangan, tishlash uchun mo‘ljallangan maxsus tibbiy vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Milkni yengil uqalash ham og‘riq kamayishiga yordam beradi. Agar shunda ham og‘riqlar bosilmasa, shifokorga murojaat qilish lozim.

— Sut tishlari qachondan boshlab chiqa boshlaydi?

— Odatda, chaqaloq 5-6 oylik bo‘lganida, birinchi bo‘lib pastki ikki kesuvchi tishi chiqa boshlaydi. Ba’zilarda bu jarayon biroz oldinroq yoki kechroq yuz berishi ham mumkin.

Yuqori ikki kesuvchi tish esa bola 9 oylikdan 13 oylik bo‘lgunicha paydo bo‘ladi. 13-16 oylik go‘daklarning aksariyatida to‘rttadan yuqori va pastki tishlar chiqib ulguradi. Qolgan sut tishlari esa bola 3 yoshga to‘lgunicha chiqadi.
©ssvuz

@Bolalarshifokori1

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x