Sut bezi fibroadenomasi – sut bezida yangi hosilalarni paydo bo‘lishi, xavfsiz o‘sma. Fibroadenoma, asosan, sut bezlarida, prostata bezi va boshqa a’zolarda uchraydi. Sekin o‘sadi, qobiqqa o‘ralgan bo‘lib, atrofidagi to‘qimalardan chegaralanib turadi. Mastopatiyaning bir turi. bo‘lib, 0.2-0.5 sm.dan 5-7 sm.gacha bo‘ladi.
Bezning sut yo‘li ichiga o‘sgani — ichki fibroadenoma, sut yo‘li atrofidagisi — tashqi fibroadenoma, aralash o‘sgani yaproqsimon fibroadenoma, unda ko‘pincha teri bilan birikib ketgan yaproqsimon shakldagi yarali tugunlar paydo bo‘ladi.
Sut bezi fibroadenomasi sabablari
Ko‘krak bezi fibroadenomasi kelib chiqishiga yuqorida sanab o‘tilgan holatlardan tashqari ginekologik kasalliklarni o‘z vaqtida davolamaslik ham sabab bo‘lishi mumkin.
Ko‘krak bezi fibroadenomasi belgilari
Sut bezida og‘riqsiz tugunlar, konturlari aniq, dumaloq shaklda, hosilalar tez kattalashadi. Odatda o‘sma 1 ta bo‘ladi, 15% hollarda ko‘payish xususiyatiga ega.
Diagnostikasi
- Qonning biokimyoviy analizi;
- Mammografiya;
- Sut bezi UTTsi;
- Biopsiya;
- Palpatsiya;
- Sut bezi MRTsi.
Sut bezi fibroadenomasini davolash
Ko‘krak bezi fibroadenomasini davolashda ultratovush ablyatsiyasi, krioablyatsiya, gomeopatik vositalar, radioto‘lqin olib tashlash va jarrohlik muolajasi qo‘llaniladi.
Kasallik asoratlari
Bargsimon turi xavfli o‘smaga o‘tish mumkin.
Oldini olish
- Ko‘krak bezi insolyatsiyasidan saqlanish;
- Issiq vannalarni cheklash;
- Stressdan yiroqlashish;
- Mammolog ko‘rigi 1 yilda 1 marta.