SUSIMA JANGI

SUSIMA JANGI (1905) – rusyapon urushi (1904—05) davrida Rossiyaning 2-Tinch okean eskadrasi (qoʻmondon — vitse-admiral Z. P. Ro-jestvenskiy) b-n Yaponiya floti (qoʻmondon — admiral Togo) oʻrtasida Koreya boʻgʻozida Susima o. lari yaqinida boʻlib oʻtgan dengiz jangi [14-15(27-28 may)]. S. j. rus eskadrasining butunlay magʻlubiyati bilan tugagan. Ruslarning 5 ming kishisi va 27 jangovar kemasi yakson qilingan. Jangda yaponlarning 3 minonosetsi yoʻq qilinib, bir necha kemasi shikastlangan. Susima jangi natijasida podsho Rossiyasi urushni uzil-kesil boy bergan. Natijada Rossiya sulh muzokaralari olib borishga majbur boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x