SUSI — yoʻlyoʻl gulli yupqa mato; arqoq bilan tanda iplar orasi ochiqroq qilib olachalan yupqa va siyrak toʻqiladi. Oqorlangan Susining ochiq joylari yopilib ketguniga qadar kudunglanib (toʻqmoq bilan urib) ishlov berilgan. Sdan asosan ayollar va bolalar uchun koʻylak, yaxtak, chopon va b. kiyimlar tayyorlangan. Susi 20a. 40y. larigacha (asosan Urgutda) ishlab chiqarilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые