SUS — Tunisning sharqiy sohilidagi shahar, Sus viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 100 ming kishiga yakin. Transport yoʻllari tuguni. Oʻrta dengiz sohilidagi port. Yogʻmoy, toʻqimachilik, metallsozlik sanoati korxonalari, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish z-di bor. Kustar usulda saxtiyon teri ishlanadi. Hunarmandchilikda toʻr, kashta, gilam toʻqiladi. Arxeologiya va islom sanʼati muzeylari bor. Shaharga mil. av. 11-a. da asos solingan. 7-a. oxiridan arablar kul ostida. 8—9-a. larda qurilgan meʼmoriy yodgorliklar, xususan, Katta masjid (9-a.) sakdangan. Kurortlar bor. Turizm rivojlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые