SURYONIY YOZUVI, suriya yozuvi — finikiyoromiy konsonant yozuvining bir turi. Finikii yozuvidagidek tartibga ega boʻlgan 22 belgidan iborat; harflari qoʻshilib, oʻngdan chapga qarab yoziladi. Bu yozuv 1-a. dan adabiy oromiy lahjalaridan hisoblangan suryoniy tili (dastlab Yuqori Mesopotamiyadagi Edessa sh. lahjasi) uchun qoʻllana boshlagan. Suryoniy yozuvining asosiy koʻrinishlari estrangelo (yun. «yumaloq yozuv, xat»); 430y. oʻrtalarida Suriya cherkovining 2 ga ajralishi natijasida paydo boʻlgan gʻarbiy suryoniy (yakovit yoki serto) vasharqiy suryoniy (nestorian) yozuvlaridir. Nestorian yozuvi nasroniy missionerlar tufayli Oʻrta Osiyo va Xitoyga qadar tarqalgan. Suryoniy yozuvi faqat undosh tovushlarni ifodalagan; 7—8-a. lardan unlilarni ifodalovchi satrusti va satrosti diakritik belgilar qoʻllangan. Bu belgilar turlicha joylashgan nuqtalar yoki kichkina yunoncha harflar koʻrinishida boʻlgan; tinish belgilar ham qoʻllangan. 1840-y. da Suryoniy yozuvining nestorian turi asosida yangi yozuv turi yaratilib, u Eron va Iroqda, shuningdek, Turkiyada yashovchi ossuriylart qoʻllana boshlagan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые