SURXONDARYO VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. 1941-y. 6-martda tashkil etilgan (1925-y. 29-iyundan Surxondaryo okruti boʻlgan). 1960-y. 25 yanv. da Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964-y. fev. da qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning jan. sharqida, SurxonSherobod vodiysida joylashgan. Jan. dan Amudaryo boʻylab Afgʻoniston, shim., shim. sharq va sharqdan Tojikiston, jan. gʻarbdan Turkmaniston, shim. gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 20,1 ming km2. Aholisi 1874,7 ming kishi (2004). Tarkibida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Qiziriq, Kumqoʻrgʻon), 8 shahar (Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Shargʻun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon), 7 shaharcha (Angor, Doʻstlik, Kakaydi, Sariosiyo, Sariq, Elbayon bekati, Hurriyat), 114 qishloq fuqarolar yigʻini bor (2004). Markazi — Termiz sh.
Tabiati. Sv. relyefi tog va tekisliklardan iborat, shim. dan janubga qiyalanib va kengayib boradi. Togʻlardan oqib tushadigan koʻpdankoʻp daryo va soylar dara hosil qilgan. Surxondaryo va Sheroboddaryo oqib oʻtadigan tekislik shim., gʻarb va sharqdan baland Hisor tizmasi (eng baland joyi 4643 m) va uning tarmoqlari (Boysuntogʻ, Koʻhitangtogʻ, Bobotogʻ) bilan oʻralgan. Togʻlar, asosan, yuqori paleozoy va mezozoy davrlari jinslaridan, tekislik qismi esa toʻrtlamchi davr yotqiziklardan tarkib topgan. Bu yerda neotektonika jarayonlari davom etmoqda: tevarak atrofdagi togʻlar koʻtarilib, botik, choʻkib bormoqda. Togʻlar bilan tekislik orasida adir va togʻ oldi zonasi joylashgan. Togʻlar shim. sovuq havo oqimlarini toʻsib turishi natijasida subtropik oʻsimliklar oʻstirish uchun qulay iqlim sharoiti vujudga kelgan. Togʻ zonasi va adirlarda, asosan, galla yetishtiriladi, chorva uchun yozgi yaylov. Mutlaq bal. 300—500 m boʻlgan SurxonSherobod tekisligida paxta ekiladi, bogʻ tokzorlar barpo qilingan. Jan. qismi keng qumliklar bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan neft va gaz (Xovdogʻ, Kakaydi, Lalmikor, Amudaryo boʻyi tekisliklari), toshkoʻmir (Shargʻun, Hisor, Boysun, Koʻhitang togʻlarining etaklari), polimetall (Sangardak), osh tuzi (Xoʻjaikon) konlari bor. Gips, granit, argillit kabi qurilish materiallari, mineral suvli buloq koʻp. Tekislik qismining iqlimi quruq subtropik. Yozi jazirama issiq va uzoq, qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha tra 16°—18°. Iyulning oʻrtacha t-rasi 28°. —32°, yanv. niki 2,8°—3,6°. Oʻzbekistonda eng issiq tra ham shu viloyat hududida kuzatilgan (1914-y. 21-iyunda Termizda 49,5° issiq boʻlgan). Baʼzi yillari qish ancha sovuq (—20° va hatto undan ham past). Yil davomida bulutsiz kunlarning koʻp boʻlishi va quyosh nurining tik tushishi effektiv tralar yigʻindisi yuqori boʻlishiga olib keladi. 10° dan yuqori trali kunlar tekislik qismida 290 — 320 kun davom etadi. Bu esa viloyatda eng issiqsevar ekinlar (shakarqamish, ingichka tolali paxta) va mevalar yetishtirishga imkon beradi. Viloyat togʻlar orasidagi berk botikda joylashganidan bu yerda yogʻin kam. Viloyatning jan. tekisliklarida yiliga 130 — 140 mm, Hisor togʻlari yon bagʻirlarida 445—625 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning asosiy qismi qish va bahorda tushadi. Gʻarbiy, jan. gʻarbiy va shim. sharqiy shamollar koʻp esadi. Viloyatning jan. sharqiy qismida esadigan Afgʻon shamoli iqlimga salbiy taʼsir etadi. Viloyatning asosiy suv arteriyalari — Surxondaryo va Sheroboddaryo hamda ularning Qoratogʻdaryo, Toʻpolondaryo, Sangardakdaryo, Xoʻjaipok kabi irmoqlari. Togʻ qor va muzliklaridan, yogʻindan toʻyinadigan bu daryolar viloyat hududining shim. qismi, togʻ va tog oldi zonalarinigina suv bilan taʼminlay oladi, jan. dagi keng tekisliklarda doimiy suv tanqisligi kuzatiladi. Yer osti (artezian) suvlaridan tobora keng foydalanilmoqda. 1957—58 y. larda Uchqizil, 1959 — 62 y. larda Jan. Surxon va Degrez suv omborlari, Jarqoʻrgʻon gidrotuguni qurildi. Hazorbogʻ, Daytoʻlak, Qumqoʻrgʻon, Zang kanallari, Sherobod, AmuZang mashina sugʻorish kanallari barpo etildi. Tuprogʻi tekisliklarda taqirsimon va shoʻrxok och boʻz tuproklar, togʻ yon bagʻrida turli xil boʻz tuprokdar. Oʻsimliklar dunyosi xam tabiiy sharoiti bilan bogʻliq. Jan. dagi ekin ekilmaydigan qumloq joylarda qandim, oq saksovul, cherkez, taroqbosh, yaltirbosh, yantoq, butasimonlar; daryo boʻylarida yulgʻun, jiyda, turangʻil, terak, savagʻich, qiyoq, qamish; adir va togʻlarning pastki yon bagʻirlarida bir yillik efemerlar (lolaqizgʻaldoq, nыxatak); 1200—2500 m balandliklarida efemerlar bilan birga archa, pista, qayin, tol, yongoq, olma, zarang oʻrmonlari uchraydi. Bobotogʻ tizmasi yon bagʻirlarida respublikaning eng yirik tabiiy pistazorlari joylashgan. Baland togʻ zonasi subalp va alp oʻtloklari bilan band. Hayvonot dunyosi ancha boy: buri, tulki, chiyaboʻri, ayiq, jayran, qobon, yovvoyi echki, arxar, toʻqaylarda bugʻu, toʻqay mushugi, kalamush, qoʻshoyoq, yumronqoziq, koʻrsichqon, gekkon kaltakesagi, koʻzoynakli ilon (kobra), oʻq ilon, jayra, qushlardan ular (togʻ kurkasi), qirgʻovul, mayna, qaldirgʻoch, gʻoz, oʻrdak, soʻfitoʻrgʻay, chil, kaklik bor. Daryo va suv omborlarida har xil baliq koʻp.
Sv. hududida Surxon davlat qoʻriqxonasi joylashgan.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar (78%), shuningdek, tojik, rus, turkman, qozoq va b. millat vakillari ham yashaydi (2004). Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 93,3 kishi. Shahar aholisi 364,8 ming kishi, qishloq aholisi 1509,9 ming kishi (2004).
Xoʻjaligi. Yaqin oʻtmishda viloyat iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi. yetakchi mavqeda edi. Keyingi davrda yangi tarmoqlar vujudga keldi. Viloyatning tabiiy geografik oʻrni qulay, mehnat resurslari ham yetarli.
Sanoat ishlab chiqarish. (yengil va oziq ovqat sanoati), qishloq xoʻjaligi. (paxta va bugʻdoy yetishtirish, qoramolchilik va qoʻychilik), transport (ayniqsa, t. y. va avtomobil transporti) salmoqli oʻrin tutadi.
Sanoatining yetakchi tarmoqlari: paxta tozalash, paxtani qayta ishlash korxonalaridir. Yirik sanoat korxonalari: «Jarqoʻrgʻonneft» boshqarmasi, Sherobod keramika badiiy buyumlar, Denov yogʻekstraksiya, Sariosiyo tosh saralash z-dlari, Shoʻrchi un k-ti, Jarqoʻrgʻon yigiruvtoʻquv, Termiz tikuvchilik f-kalari, Shargʻun koʻmir, Xoʻjaikon tuz konlari korxonalari va b. S. v. da 40 ga yaqin qoʻshma, 4000 dan ziyod kichik va xususiy korxona ishlab turibdi. Jumladan, Afgʻoniston bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalq isteʼmoli mollari ishlab chikariladigan «Namaf» va «Afroʻz», «Surxonteks» va b. qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Hindiston — Termiz «Farmed» qoʻshma korxonasida mahalliy giyohlar asosida doridarmon, Turkiya — Termiz «Poʻlat» qoʻshma korxonasida milliy gilamlar, paloslar tayyorlanadi. Tumanlarda qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari qayta ishlanadigan kichik korxonalar, sexlar tashkil etilmoqda.
Qishloq xoʻjaligi ning asosiy tarmoqlari: paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, pillachilik, limonchilik. Togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bugʻdoy va arpa) bilan shugʻullaniladi. Oʻzbekistonda eng koʻp ingichka tolali paxta Surxondaryo viloyatida tayyorlanadi. Viloyatning togʻoldi tumanlarida bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, qoʻy (qorakoʻl va hisor qoʻylari), echki, yilqi, parranda, quyon boqiladi. Jahon moʻyna va teri auksionlarida juda qadrlanadigan «Surxon suri» qorakoʻl terisi yetishtiriladi.
Dehqonchilikda foydalanadigan yerlar mayd. 284,3 ming ga, shundan sugʻoriladigan yerlar 271,6 ming ga, shu jumladan, 120,8 ming ga yerga paxta, 129,7 ming ga yerga don ekinlari, 9,1 ming ga yerga sabzavot, 1,8 ming ga yerga poliz, 5,5 ming ga yerga kartoshka, 16,2 ming ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. 33,5 ming ga yer koʻp yillik daraxtzorlar, 12,7 ming ga yer mevazor, 5,2 ming ga yer tutzor, 15,1 ming ga yer tokzorlar bilan band. 854,2 ming ga yerni yaylovlar egallagan. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida kollektordrenaj tarmoklari qurilgan. Viloyatda 151 shirkat, 4715 fermer xoʻjaliklari bor. Viloyat jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 487,2 ming qoramol (shu jumladan, 227,7 ming sigir), 1042,0 ming qoʻy va echki, 1052,5 ming parranda, 12,2 ming ot boqiladi (2004).
Transporti. Viloyatda t. y. transportining salmogi katta. Surxondaryoda dastlabki t. y. 1915-y. da (Kogon — Termiz) qurilgan. Bu viloyatni boshqa regionlar bilan bogʻlaydigan dastlabki muhim yoʻl boʻldi. 1925-y. da 248 km li Termiz—Dushanba t. y. ni qurishga kirishildi. Bu yoʻlning qurilishi Termizni Oʻrta Osiyoning yirik shaharlari — Toshkent va Dushanba bilan bogʻladi. 1971-y. ga kelib Surxondaryo viloyatini Tojikistonning jan. tumanlari bilan bogʻlovchi Termiz— Qoʻrgʻontepa — Yavan t. y. ini qurishga kirishildi. Gʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon t. y. ning qurilishi yakunlanmoqsa. Amudaryo ustidan Hayraton t. y. koʻprigi qurilgan. Viloyat hududidan Moskva — Dushanba, Ashxobod — Dushanba t. y. lari oʻtgan. Termiz — Toshkent, Termiz — AmuZang, Termiz — Sariosiyo, Termiz — Boldir yoʻnalishlarida poyezdlar kdtnaydi. Shuningdek, Termiz orkali Dushanba — Astraxon, Dushanba — Konibodom, Qoʻrgʻontepa — Konibodom, Koʻlob — Astraxon yoʻnalishlarida poyezdlar qatnaydi. Viloyatdagi t. y. larning uz. 300 km. Viloyatning ichki transport aloqalarida avtomobil yoʻlining ahamiyati juda muhim. Surxondaryo viloyati dagi qattiq qoplamali avtomobil yoʻllarning uz. 2,7 ming km. Viloyatning asosiy avtomobil yoʻli — Katta Oʻzbekiston traktoʻ. Avtomobilda mamlakatlararo yuk tashish xizmati korxonasi yuklarni qoʻshni Afgʻonistonga yetkazib bermoqda. Surxondaryo viloyatining yirik shaharlari (Termiz va Denov)dan bir qancha xorijiy mamlakatlar va Oʻzbekistonning ichki tumanlariga avtomobil transporti qatnaydi. Termiz — Qarshi, Termiz — Hayraton (Afgʻoniston), Termiz — Dushanba, Termiz — Toshkent, Denov — Qarshi, Denov — Shahrisabz, Denov — Gʻuzor, Denov — Urganch, Denov — Samarqand yoʻnalishlari shular jumlasidan.
Surxondaryo viloyatida respublikada yagona boʻlgan Termiz dare porti joylashgan. Termiz va Sariosiyoda aeroport bor. Termiz aeroportidan Toshkent, Moskva, Ashxobod, Olmaota, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon va b. yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashuvchi samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Madaniymaorif, sogʻliqni saqlash va sport. Surxondaryo vodiysi ilk ibtidoiy odamzod makon topgan joy sifatida taʼriflanadi. Boysun tizmalaridan oʻrta paleolit davriga (mil. av. 100 — 40 ming y. liklarga) oid ibtidoiy odam manzillarining qoldiklari topilgan.
Surxondaryo togʻlarida tosh davrining soʻnggi bosqichi—yuqori paleolitga (mil. av. 40—12 ming yilliklar) doir topilma xam kup. Shulardan biri Teshiktosh unguridan qazib olingan 8—9 yashar bola suyaklaridir (antropolog M. M. Gerasimov tomonidan qiyofasi tiklangan). Ushbu topilma «neandertal odam» nomi bilan mashhur boʻlib Oʻzbekistonning, umuman, Oʻrta Osiyoning hoz. zamon odami (kromanyon) shakllangan mintaqaga taallukli ekanini isbotlashga dalil boʻldi. Vohada qad. madaniyatga mansub Ayritom, Dalvarzintepa, Xolchayon, undan keyingi davrlarga oid Sopomitepa, Mirshodi, Moʻlali, Kampirtepa, Jarqoʻrgʻon, Bolaliktepa va b. arxeologik yodgorliklar topilib oʻrganildi.
Koʻhitang togʻlarida aniqlangan Zarautsoy qoyatosh rasmlari mezolit yoki neolit davriga tegishli. Zarautsoydagi gʻor shiftlari va devorlarida oxra boʻyogʻi yordamida rayem chizilgan. Rasmlarning asosiy qismi yovvoyi buqalarni sehrjodu yoʻli bilan ovlash manzarasini aks ettiradi.
Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida hoz. Oʻzbekiston jan. ga Amudaryo soʻl sohilidan kelgan qabilalar Koʻhitang va Boysun togʻoldi xududlarini oʻzlash. tirib Sopollitepa, Jarqoʻton, Moʻlalitepa aholi manzilgoxlariga asos soldilar.
Mil. av. 329—327-y. larda viloyat hududi makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olingan. Keyinchalik Salavkiylar davlati tarkybiga kirgan.
Oʻrta asrlarda Buyuk ipak yulinang bir tarmogi Surxondaryo (Termiz) orqali oʻtgan.
Kushon podsholigi hududiga kirgan Dalvarzintepa va Xolchayonda oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar, Eski Termizdan topilgan Budda ibodatxonalari shaxarlarning naqadar rivojlanganligini koʻrsatadi. Bu davrda hunarmandchilik va qishloq xoʻjaligi. ning taraqqiy topishi, tovarpul munosabatlarining rivojlanishi, meʼmorchilik, monumental haykaltaroshlik, rassomlik va b. sanʼatlarning yuksalishi kuzatiladi.
Surxondaryo viloyatining hozirgi qududi, 3—4-a. larda Kushonlar davlati parchalanib ketgach, eftaliylar davlati, 5—8-a. larda Toxariston tarkibida, keyin Turk hoqonligi qoʻl ostida boʻldi.
667-y. da arablar dastlab Chagoniyon va Termizga hujum qilib bu shaxarlarni faqat 8-a. ning 2-yarmidagina toʻliq bosib olishga erishdilar. Oʻzbekiston jan. dagi yerlar Pa. gacha Chagoniyon davlati qoʻlida boʻlgan. 11-a. da Chagoniyon va Termizni egallash uchun Gʻaznaviylar va Qoraxoniylar oʻzaro kurashadilar. Termiz Gʻaznaviylar davlatiga qoʻshib olinadi, soʻngra Xorazmshoxlar davlati tarkibida boʻladi. 1220-y. da moʻgʻullar bosib oldi. 1370-y. dan Amir Temur saltanati tarkybiga kirdi. Surxondaryo koʻhna tarixi, qad. madaniyati, yodgorliklari bilan mashhur.
Surxon vodiysidagi olimlarning koʻpchiligi «Termiziy» taxallusi bilan nom chiqarganlar. Ular, tarix, geog., falsafa, huquqshunoslikka oid asarlari bilan tanilgan. AlHakim atTermiziy, Shahobuddin Sobir Termiziy, Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varrok, Termiziy va b. allomalar shu vohadan yetishib chiqqanlar. Surxondaryo viloyatida mashhur sanʼatkorlar, baxshilar, xalq artistlari, rassomlar voyaga yetgan.
Viloyatda 2003/04 oʻquv yilida 827 umumiy taʼlim maktabi, 2 internat maktabi, Mehribonlik uyi, 18 litsey, 4 gimnaziyada 517,5 ming oʻquvchi taʼlim oldi. 2003-y. da «AKSELS» xalqaro tashkilotining «Oʻqishga aʼlochilik dasturi» tanlovida viloyatning gʻolib chiqqan oʻquvchilari oʻqishni xorijda davom ettirmoqdalar. 2004-y. da ham taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlik ishlari davom ettirilib «AYREKS» xalqaro tashkilotining «Butun olam Sizning sinfingizda» tanlovida Termiz tumani oʻquvchilari respublika gʻolibi boʻlishdi.
1998—2003-y. larda 35 ta kasbhunar kolleji va 2 akademik litsey qurilib foydalanishga topshirildi. Bu oʻquv muassasalarida 80 dan ortiq mutaxassislik boʻyicha taʼlim-tarbiya berilmoqda. Viloyatdagi 5 oʻquv yurtida 9,9 ming oʻkuvchi oʻqiydi. 16 bolalar musiqa maktabida 1443 oʻquvchi, 1 oliy oʻquv yurti (Termiz davlat un-ti)da 6,5 ming talaba bilim olmoqda. Surxondaryo viloyatida Shreder nomidagi bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot in-tining Jan. Oʻzbekiston subtropik oʻsimliklar seleksiyasi st-yasi faoliyat kursatadi. Surxondaryo arxeologiya muzeyi, Surxondaryo viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, musiqali drama teatri, bolalar qoʻgʻirchoq teatri mavjud. 413 jamoat kutubxonasi (kitob fondi 3,6 mln. nusxa), 146 klub muassasasi, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, bolalar bogʻi, Termiz hayvonot bogʻi, yoshlar majmui, xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar viloyat uslubiyat markazi bor. 4 xalq drama teatri, 2 qoʻgʻirchoq xalq teatri, 10 ashula va raqs dastasi, 6 folklor etnografik xalq dastasi, milliy dorbozlar guruhi va b. madaniy muassasalar ishlab turibdi. Jumladan, Boysun tumanidagi «Shalola», Shoʻrchi tumanidagi «Kumush tola», Uzun tumanidagi «Rohat» ashula va raqs xalq dastalari Buyuk Britaniya, Turkiya, Afgʻoniston va Hindistonda boʻlib oʻtgan xalqaro festivallarda ishtirok etishgan.
Surxondaryo viloyati vda Oʻzbekiston xalq rassomi Roʻzi Choriyev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi M. Ravshanov, Oʻzbekiston xalq baxshilari Sh. Boltayev va A. Poyonoye, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi A. Ibroqimov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar G. Ravshanova, R. Mamataliyev, H. Oripov, M. Maxmudova, A. Narzullayev, Y. Mirqurbonov, S. Qosimova, N. Allanazarovlar voyaga yetganlar.
Viloyatda «Boysun bahori» halqaro folkloretnografik festivali oʻtkazilib boriladi. 1999-y. da «Alpomish» dostonining 1000-yilligi, 2002-y. da Termiz sh. ning 2500-yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi.
Sogʻliqni saqlash. Viloyatda 92 kasalxona (8715 oʻrin), 366 poliklinika, ambulatoriya va b. tibbiy muassasalar, 179 ayollar konsultatsiyam, 225 bolalar poliklinikasi va xonalari, 149 qishloq vrachlik punkta, 398 feldsherakusherlik punkti, 19 qishloq uchastka kasalxonasi, 73 qishloq vrachlik ambulatoriyasi mavjud. Ushbu tibbiy muassasalarda 4,2 ming vrach (xar 10 ming aholiga 24 vrach), 17,6 ming oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.
Davlat dasturiga asosan viloyatda Davlat shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz boʻlimi (140 oʻrin) va barcha tuman markaziy kasalxonalari qoshida uning boʻlinmalari (340 oʻrin) tashkil etilgan, gʻamda zaruriy tibbiy va texnik jihozlar bilan taʼminlangan.
Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi oʻz faoliyatida AQSHning Projekt Xoup, Karelift Interneyshnl, Kauntepart Interneyshnl tashkilotlari bilan uzviy aloqalar bogʻlagan.
Oʻrta Osiyo xalqaro taraqqiyot agentligi (YUSAID) tomonidan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi sistemasidagi tashkilotlar va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda yangi dasturni rivojlantirish, giyohvandlikka qarshi kurash, sil kasalligini davolash va uni oldini olish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatda tashkil etilgan nodavlat muassasalar soni 75 ta. Surxondaryo viloyatida Xonjiza dam olish uyi, «Jayranxona», «Uchqizil» balneologik kurorti, bolalar revmatologiya sanatoriylari, Denov tumanidagi «Hazorbogʻ» sanatoriysi ishlab turibdi.
Sport. Sv. sportchilari sportning koʻplab turlari boʻyicha har xil darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqda (kurash, dzyudo, voleybol, futbol, tennis, boks va b.). Surxondaryodan kurash boʻyicha Jahon va Osiyo chempioni, Hakim atTermiziy, Prezident sovrini uchun xalqaro turnirlar gʻolibi Toshtemir Muhammadiyev, xalqaro Hakim atTermiziy turniri gʻoliblari Oʻrol Toʻrayev, Rustam Ergashev, Erali Mamarasulov; bir qancha xalqaro turnirlar gʻolibi, Antaliya musobaqasi jahon chempioni Mahtumquli Mahmudov, dzyudo boʻyicha Osiyo chempioni, kurash boʻyicha xalqaro turnirlar gʻolibi Abdulla Tangriyev kabi mashhur sportchilar yetishib chiqqan. Surxondaryo viloyatida zamonaviy sport inshootlaridan «Kurash saroyi», stadion, «Delfin» suv havzasi, «Alpomish» sport majmui, turli darajadagi xalqaro musobaqalar oʻtkaziladigan tennis korti mavjud. Surxondaryo viloyatida bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat kursatadi (2004).
Adabiyot. Surxondaryo qadimdan shoir va ulamolar, baxshilar toʻplangan vohalardan biridir. Bu zaminda xalq ogʻzaki ijodi va yozma adabiyot rivojlanib kelgan. «Alpomish» dostoni yaratilgan makon sifatida shu vohada bayram qilinishi, 40 dan ortiq «Termiziy», 10 dan ortik, «Chagoniy» taxallusi bilan ijod qilgan allomalarning ilmiy-adabiy merosi buni toʻliq isbotlaydi.
Eski Termizda islom nazariyotchisi, muhaddis alHakim atTermiziy yashab ijod kilgan. «Ilal ashshariat va xatm ulAsliyot» asari islom nazariyotchilari tomonidan eng koʻp eslanadigan kitoblardan biri. Boshqa muhim asarlari «Kitob annahi» («Yoʻriqnoma kitobi»), «Kitob alfuruh» («Ollohdan qoʻrquvchilar haqida kitob»), «Navroʻznomai Xoja Hakim Termiziy». U Abu Ali alJuzjoniy, Abu Bakr Varroq va b. mashhur olimlar ustozidir. Andalusiyalik yirik islomshunos Muhyiddin ibn alArabiy (1165—1240) oʻzini Hakim Termiziyning shogirdi deb hisoblagan.
Surxondaryo viloyatida yashagan mashhur muhaddis Imom Termiziy hadislarni toʻplab bir qancha asarlar yaratgan. «AlJomiʼ assahih» yoki «Sunani Termiziy», «Kitob alilal», «Kitob azzuxd» va b. shular jumlasidandir. U Imom Buxoriyning mashhur shogirdi va izdoshi hisoblanadi.
Surxondaryoning Oltinsoy hududida tasavvuf ilmining pirlaridan boʻlgan Soʻfi Olloyoʻr, Xoʻjaipok oma (asl nomi — Abdurahmon bin Avf Abu alKurayshiy azZuhriy), Sayd ibn Vaqqos, Mavlono Zohid Xalifa bobo kabilarning xoklari bor.
Surxon vohasida 10—12-a. larda yashab oʻtgan Daqiqiy, Farruhiy, Adib Sobir Termiziy kabi yirik shoirlar mashhur.
Chingiz bosqini tanazzulidan keyin, 16—19-a. lardan yana Termiziy taxallusi bilan bir turkum shoirlar paydo boʻddi. Ular Umar atTermiziy asSufiy, Mavlono Qudsiy Termiziy Maxjub, Xoja Samandar Termiziy, Abdulloh Termiziy, Taqiy Termiziy, Soʻfi Olloyor va Masiho Boysuniylar edi.
Vohaning qad. Sherobod dosshonchilik maktabid&n oʻzbek dostonchiligining mashhur ijrochilari yetishib chiqqan, ayni shu maktab Nurota va Bulungur dostonchilik maktablariga ham ijobiy taʼsirini oʻtkazib turgan. 18-a. da bu maktabdan Bobo shoir, Qosim oqinlar, 19-a. da Olim baxshi, Xoler baxshi, Niyozali baxshi, Sherna baxshilar, 20-a. da esa Shotoʻra baxshi, Mardonakul baxshi, Mamarayim baxshi, Boʻriboy baxshi Ahmedov, Yusuf Oʻtagan oʻgʻli, Chorsham baxshi Rahmatulla oʻgʻli, Toshmurod baxshi, Xushboq baxshi Mardonaqul oʻgʻli, Qora baxshi, Shoberdi baxshi Boltayev, Boboraxim bahshi Mamarayim oʻgʻli, Abdunazar baxshi, Shodmon baxshilar yetishib chiqqan. Bulardan eng isteʼdodlilari «Alpomish» va «Goʻroʻgʻli» turkumidagi dostonlarni mukammal biladigan Bobo shoir, Sherna baxshi, Mardonaqul Avliyoqul oʻgʻli va Chorsham baxshi Rahmatulladir.
20-a. ning 50—80y. larida Shukur Xolmirzayev, Raʼno Uzoqova, Erkin Aʼzam, Sattor Tursunov, Tesha Saydaliyev, Karim Mallayev, Isomiddin Otaqulov, Mengziyo Safarov, Ozod Avliyoqulov, Usmon Azim, Nizomjon Parda, Yusufjon Valizoda, Ismat Norboyev, Shafoat Rahmatullo Termiziy, Togʻay Murod, Boltajon Sodiqov, Xurram Mak,sadqulov, Sirojiddin Sayyid, Gʻulom Egamshukur, Bolta Yoriyev, Narzulla Soʻfiyev, Arbob Chosh, Eshqobil Shukur, shoir va pedagog Xolmuhammad Qulniyozov, Nodir Normatov, Mirzo Kenjabek, 20-a. ning keyingi yillarida Nomoz Ergashev, Zoir Mamajonov, Gulandom Togʻayeva va b. ning sheʼriy va nasriy asarlarida sevgi, yaxshilik, mehroqibat, adolat tuygʻulari, shuningdek, voha kishilarining hayot tashvishlari, mehnat yumushlari, urfodat va anʼanalari muhim oʻrin egallagan.
Surxondaryo viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va b.)ning viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi.
Matbuot, radioeshittirish va televideiiyesi. Surxondaryo viloyatida 3 viloyat gaz., 14 tuman gaz. chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 13 tarmoq va 2 ta xususiy gaz. nashr etiladi. Jami 32 nomdagi gaz. chop etiladi (2004).
Birinchi radioeshittirishlar 1954-y. dan boshlangan. Viloyat radiosi kuniga 1 soatlik xajmda eshittirishlar beradi. 2003-y. fev. dan boshlab Sv. radiotelevideniye uzatish markazi muassisligidagi «Surxon sadosi» radiosi faoliyat koʻrsatadi. Har kuni 15 soatlik radioeshittirishlar tayyorlanib, efirga uzatilmoqda. 2003 noyabr oyidan Surxondaryo radiosi qoshida «Yangi asr» radiostudiyasi faoliyat koʻrsata boshladi. Kuniga 8 soat eshittirishlar tayyorlanib efirga uzatiladi.
Viloyatda 1 davlat va 4 tarmoq va nodavlat televideniyelari mavjud. 1990-y. dan buyen faoliyat koʻrsatayotgan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining kunlik koʻrsatuvlari oʻrtacha 3—4 soatni tashkil etadi.
«Ishonch» telekompaniyasi 1997-y. dan buyen faoliyat koʻrsatib, ayni paytda har kuni 3 soatlik koʻrsatuvlar beradi.
«ATR Denov» va «Sherobod» televideniyelari 1995-y. dan faoliyat koʻrsatib, «Sherobod» televideniyesining kunlik koʻrsatuvlari 1 soatni, «ATR Denov» televideniyesi koʻrsatuvlari 1,5 soatni tashkil etadi.
Meʼmoriy yodgorliklari. Viloyatdagi 359 tarixiy yodgorliklardan 294 tasi arxeologiya, 26 tasi meʼmoriy, 39 tasi monumental sanʼati yodgorliklaridir. Termiz sh. ning 2500-y. lik yubileyi munosabati bilan 2001—02 y. larda viloyatdagi bir kancha tarixiy obidalar va arxeologik yodgorliklarda taʼmirlash ishlari olib borildi. Surxondaryo viloyati dagi yodgorliklar oʻzining qadimiyligi bilan mashhur. Xuroson meʼmorlik anʼanalarida qurilgan mashhur Jarqoʻrgʻon minorasi (1108—09 y. lar), Sulton Saodat majmuasi (10-a., 15—17 asrlar), Denovdagi Chagʻoniyon davlati qalʼasi qoldiqlari (15-a.), Hakim atTermiziy majmuoti (11 — 15-a. lar), Eski Termizdagi Zurmala minorasi krldikdari (2-a.), Termiz atrofidagi Kokildor xonaqohi (16-a.) va b. shular jumlasidan.
OʻzME 7jiddining 656—657betlari orasidagi Surxondaryo viloyatining tabiiy va iktisodiy rangli xaritasiga q.
Ad.: Rtveladze E., Aminov M., Surxondaryo, albom p[rof. N. Toʻxliyev tahriri ostida], T., 1996; Roʻziyev A. N., Surxondaryo viloyati, T., 1996; Pugachenkova G. A., Ochiq osmon ostidagi muzey, T., 1981; Tursunov S, Qobilov E., Pardayev T., Murtazoyev B., Surxondaryo tarixi, T., 2004.
Nurislom Toʻxliyev.