SURXON TONGI

SURXON TONGI — oʻrtapishar tarvuz navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik in-tining Surxondaryo tayanch punktida PK87 amerika namunasi populyatsiyasidan yakka tanlash usuli bilan chiqarilgan (B. Turdiqulov, V. F. Pivovarov, Ye. G. Dobruskaya; 1997). Surxon tongi oʻrtapishar tarvuzlar orasida eng tezpishar va shirin nav. Palagi uz. 3,0—3,5 m, barg shapalogʻi keng, yashil uz. 18—24 sm. Tarvuzi vazni 3,7— 4,7 kg (9—10 kg gacha), shakli uzunchoq, yuzasi silliq, tusi och sariq, yuzasida tekis mayda toʻrsimon toʻq yashil dogʻlari bor. Poʻsti qattiq, eti qizil, sersuv, shirali, baʼzan tolali. Meva sharbati tarkibida 8,1% quruq modda, 7,0% qand mavjud. Urugʻi mayda, jigarrang, silliq. Urugʻi apr. may oylarida ekiladi, unib chiqqanidan keyin 70—75 kunda pishadi. Hosildorligi 250—280 s/ga. Oʻzbekistonning janubiy viloyatlarida ekish uchun r-nlashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x