DO`STLARGA ULASHING:
“Ey Suroqa! Kisroning bilak uzugini taqqaningda qanday bo‘larkin?”(Muxammmad Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)dan)
Erta tongdan Qurayshning axli qattiq sarosimaga tusha boshladi. Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) qorong‘u kechada Makkani tark qildi degan xabarlar tarqala boshladi. Qurayshning kattalari dastlab bu xabarlarga ishonishmadi. Keyin ular Bani Xoshim uylarini birma-bir qarab, Paygambar (sallallohu alayhi va sallam)ni qidira boshladilar, saxobalarning uylarini birma-bir surishtib, xatto Abu Bakr (rodiyallohu anxu)ning uylariga xam borishdi, ularga qizlari qarshi chiqdi.
Abu Jaxl so‘radi: “Ey qizaloq! Otang qani?”
Qizlari javob berib: “Men bilmayman qaerdalar xozir” Abu Jaxil qo‘lini ko‘tarib o‘zining bo‘yniga qattiq urdi-ki, xatto qulog‘idagi ziragi yerga tushdi.
* * *
Quraysh kattalari Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) Makkani tashlab ketganligini aniq bilishgach, g‘azablana boshladilar. Va o‘zlari bilan izquvar yonlab Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)ning izi Makkaning qaysi tarafidan ketganligini bilish uchun qidira boshladilar. Izlaridan borgan izquvar (Saur) boshliqlariga dediki:
“Izlar shu g‘orgacha keldi, ular shu yaqin orada”.
Qurayshning kattalari bu gapni aytganlarida ular xato qilmagan edilar. Xaqiqatdan xam Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) va uning ikki do‘sti g‘or ichida edilar. Qurayshliklar shundoqqina ularning tepalarida turishgan edi, xatto ularni oyoqlari g‘or tarafga qarab kelayotganini ko‘rgan Abu Bakr (rodiyallohu anxu) yig‘ladilar. Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) xotirjam, muloimlik bilan unga go‘zal qarash qilib, rostgo‘ylik bilan shivirladilar.
Abu Bakr (rodiyallohu anxu) turgan joylarida:
“Allohga qasamki Ey Rasululloh! Men o‘zim uchun yig‘layotganim yo‘q balki, Ular sizga yomonlik qilishliklaridan xovotirdaman.”
Saxovotli Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) xotirjamlik bilan
“Ey Abu Bakr (rodiyallohu anxu)! Ђamgin bo‘lmang, albatta Alloh biz bilan birgadir”.
Shu ondayoq Abu Bakr (rodiyallohu anxu)ning qalblariga xotirjamlik tushdi va tashqaridagi oyoqlarga qarab aytdilar:
“Agar ularni birontasi oyoqlari ostiga qarasalar albatta bizni ko‘rib qolishadi.”
Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam):
“Ey Abu Bakr (rodiyallohu anxu)! Gumondamisiz ikki kishimiz deb, axir Alloh uchunchimizdir-ku?”
Qurashliklar orasidan bir kishi aytdiki:
“Kelinglar g‘orga tushib ichiga kiramiz.”
Umaya ibn Xalaf kesatib:
“Ko‘rmayapsanmi g‘or og‘zidagi o‘rgimchak inini? Axir Alloh bu inni Muhammad dunyoga kelmasidan oldin qo‘yib qo‘ygan-ku” — javob berdi.
Abu Jaxil uning so‘ziga qo‘shilib:
“Lot va Uzzoga qasamki! Meni xisobimcha ular bizga yaqin va bizni eshitib, ko‘rib turishibdi, lekin xozir ularni ko‘rmayabmiz. Ko‘zimizni sexirlab qo‘yishganligidan.
* * *
Shunga qaramasdan, Qurayshliklar umidlarini uzmadilar. Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)ni topishlik uchun bo‘lgan xarakatlari susaymadi. Ular boshqa qabilalarga xam, Makka va Madina oralig‘ida yashovchi qavmlarga xam xabar berib, Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)ni o‘liginimi yoki tiriginimi olib kelgan kishi uchun 100 ta tuya mukofat e’lon qilishdi.
* * *
Suroqa ibn Molik Al-Majidii «Makka» yaqinidagi «Qudayd» degan joydagi yig‘inda ishtirok etdi, shu yig‘inda qurayshliklardan biri ishtirok etib, ularga Quraysh qavmi Muhammadni tirigigami yoki o‘ligigami 100 ta tuya mukofot tayin qilishganligini xabarini yetkazdi.
Suroqa 100 ta tuyani eshitib, o‘sha ondayoq qanday bo‘lsa xam qo‘lga kiritishlikni rejalab qo‘ydi. Lekin o‘zini qo‘lga olib, boshqalarni qo‘zg‘atmaslik uchun biron bir so‘z chiqarmadi.
Suroqa majlisdan chiqmasdanoq uning qavmidan bir kishi kelib aytdi-ki: “Allohga qasamki! Men xozir uch kishini Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) va uning ikki yo‘lovchisini ko‘rgandek bo‘ldim. Gumon qilamanki ular Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) va Abu Bakr va yo‘lboshchilaridir.
Suroqa dedi:
“Yo‘g‘-e ular yo‘qolgan tuyalarini izlab yurgan falonchining o‘g‘ilaridir?
“Bo‘lishi mumkin” — deb jim bo‘ldi xaligi kishi.
Qavmdan biron bir kishini shubxaga solmaslik uchun Suroqa majlisda ozgina o‘tirdi. Qavm boshqa so‘zga o‘tgandan keyin, sekingina bildirmasdan uylariga borib xizmatkorlariga otlarini boshqalarga bildirmasdan vodiyning o‘rtasiga bog‘lab qo‘yishlikni buyurdi. Keyin xizmatkorlariga qurol aslaxalarini tayorlab, orqa ko‘chadan xech kimga ko‘rsatmasdan olib borib otining yoniga qo‘yib qo‘yishlikni buyurdi.
* * *
Qurollanib Suroqa otiga mingashib, otini choptirganicha Muxammmad (sallallohu alayhi va sallam)ni qidirib, quraysh qavmidan biron bir kishi undan oldin mukofotni olmasligi uchun shoshildi.
* * *
Suroqa ibn Molik o‘z qavmi orasida zo‘r chavandoz edi, uning ustiga oti zotdor, bo‘yni uzun va baquvvat, uchqur otlardan edi. Suroqa shoir tabiyatli va so‘zga usta, yaxshi iz quvar va yo‘llarni yaxshi biladigan kishi edi.
* * *
Suroqa jon-jaxti bilan otni choptirib oldinga intildi, birdan oti qoqilib, Suroqa otdan yiqilib tushdi. Bu xoldan jaxli chikib:
«Nima bo‘ldi endi? Bu ot bilan sen uzoqqa borolmaysan.» — dedi.
Va yana o‘ziga kelib, otiga mingashdi va yana choptirib ketdi. Ko‘p o‘tmasdan yana qoqilib tushdi. Suroqaning jaxli oldingisidan xam qatiqroq chiqdi, lekin orqasiga qaytishlikni iloji yo‘q edi, yuzta tuyani yodiga olib yana yo‘lini davom ettirdi. Xali oti toyilgan joydan uzoq ketmasdanoq Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) va uni ikki yo‘ldoshini ko‘rib qoldi. Suroqa qo‘lini kamoniga cho‘zdi-yu, lekin qo‘li joyida qotdi.. .. Qarasaki oti joyida turganicha yerga kirib boryapti. Uning ustiga chang ko‘tarildi, ko‘zlari oldidagini ko‘rmay qoldi.. .. Suroqa otini qo‘zg‘atmoqchi bo‘ldi-yu, biroq otini qo‘zg‘atolmadi, go‘yo bir kishi uning otining oyoqlarini temir mixlar bilan qoqib qo‘ygandek. Ovozining boricha baqirib, Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) va uni yo‘lovchisiga qarab:
«Ey sizlar! Robbingizdan so‘ran-ki u meni otim oyoqlarini bo‘shatib yuborsin va men sizlarga so‘z beraman-ki, orqalaringizdan boshqa quvmayman».
Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) duo qildilar va uni otlari oyoqlari bo‘shatib yuborildi. Suroqaning ochko‘zligi uni aldab qo‘ydi. Va yana u ularni orqasidan quvdi. Bu safar uni otining oyoqlari avvalgisidan ko‘ra yerga ko‘proq botib ketdi. . … Suroqa yana yo‘lovchilarga qarab yordam so‘rab baqirdi:
“Men sizlarga bor yo‘q ozuqamni va qurol aslaxamni beraman. Bu safar Allohga qasam keltiramanki, ortimga qaytib ketaman.”
Paygambar (sallallohu alayhi va sallam) va ikki soxiblari Suroqaga deyishdi:
«Seni oziq-ovqat, qurollaring bizga kerak emas. Biz seni bizni ortimizdan ergashishlikni to‘xtatib ortinga qaytishligingni xoxlaymiz.. ..»
Keyin Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) duo qilib, Suroqaning otini bo‘shatishligini so‘radilar.. .. Suroqaning oti bo‘shaldi. Ortiga qaytay deb turganida, Suroqaga Payg‘ambar (sallallohu alayhi va sallam) va ikki soxiblari:
«Sen biz bilan qolishlikni xoxlamaysanmi?» deb so‘rashdi.
Suroqa dedi:
“Allohga qasamki! Ey Muhammad (sallallohu alayhi va sallam), Siz olib kelgan din to‘g‘ri ekan, men bildim-ki, bir kun kelib Siz g‘alaba qilasiz, menga so‘z bering-ki, men sizning oldingizga borganimda xurmat bilan kutib olaman deb va menga xozir yozib biring..
Allohning Rasuli Abu Bakr (rodiyallohu anxu)ga yozib berishlikni buyurdilar, suyak bo‘laklariga yozib unga uzatdilar, ajralib ketayotganida Rasullulloh (sallallohu alayhi va sallam) Suroqaga qarab dedilar:
«Ey Suroqa! Kisroning bilak uzugini taqqaningda qanday bo‘larkin?»
Suroqo xayron bo‘lib so‘radi:
«Forslarning podshoxi Xusroy ibn Xurmizonni aytayabsizmi?”
— “Xa, Xusroy ibn Xurmizonni”..- dedilar.
* * *
Qaytayotganida yo‘lda, Suroqa Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ni qidirib yurgan odamlarni uchratdi, ularga qarab dedi: “Ortingizga qaytingiz men xar bir joyni sinchiklab chiqdim, ularni topa olmadim, sizlar meni yaxshi iz quvarligimga shubxalanmasangiz xam bo‘ladi.
Odamlar u kishni eshitib ortlariga qaytishdi. Suroqa o‘zining iymonini, Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) va ikki soxiblari bilan uchrashganligini ular «Madinaga» eson omon yetib olishguncha maxfiy tutdi. Keyin bo‘lgan voqeani ularga xammasini gapirib berdi. Abu Jaxil Suroqani Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) bilan uchrashganligini eshitib, so‘ng Suroqani qoralay boshladi:
“Shunday imkoniyatni qo‘rqoqligidan qo‘ldan boy beribdi.
So‘roqa bu malomatlarga javob qildi:
“Ey Abu Xakam! Agar sen meni otimni oyoqlari botib qolganligini ko‘rganingda, Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) Allohni Rasuli ekanligiga, va xech kim unga qarshi tura olmasligiga senda biron bir gumon qolmasdi.
* * *
Yillar ketidan yillar o‘tdi …
Qachonlardir Makkani noilojlikdan qoldirib qayg‘u bilan tark etgan Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) bugun endi mardonavorlarcha g‘alaba qilgani, minglab o‘tkir qurollangan saxobalar bilan qaytardilar. ..
Vaqti-ki Quraysh kattalari yer yuzini to‘ldirib kelayotgan saxobalar bilan uchrashganliklarida, qo‘rqqanlaridan titrab so‘ray boshladilar.
“Endi bizlarni nima qilmoqchisizlar?”
Payg‘ambarlarga xos ulug‘ xislat bilan ularga:
“Boringlar sizlar ozoddirsizlar» … dedilar.
Shundan keyin Suroqa ibn Molik yo‘lga otlanib, Rasullulloh (sallallohu alayhi va sallam) xuzurlariga o‘zini islomga oldin kirganligini oshkor qilishlik uchun va o‘n yil oldin yozdirib olgan bitiklarini xam o‘zi bilan olib keldi.
Suroqa (rodiyallohu anxu) aytadilar.. .:
«Rasululloh salloloxi alayhi va sallamni «Jiyron»da (Makka bilan Toif o‘rtasidagi joy) uchratdim». Borganimda men Ansorlar jamoasiga yo‘liqdim. Ular meni qurshab olib, nayzalarini ko‘ndalang tarafi bilan meni nuqtay boshladilar: “Ey bu yerdan ket, ket bu yerdan!” Men shunga qaramasdan ularning jamoasini kesib o‘tmoqchi bo‘lganimda Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) tuya ustida o‘tirgan xolda kelib qoldilar. Men qo‘limdagi bitikni ko‘tarib, ovozim boricha “Ey Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)! Men Suroqa ibni Molik bo‘laman. Qo‘limdagi esa Siz bergan bitik… Allohning Rasuli: «Yaqinroq kel! Ey Suroqa .. . Bu kun vafolar va yaxshiliklar kunidir.»
Rasululloh salloloxi alayhi va sallam bilan ko‘rishganidan so‘ng Suroqa ibn Molik (rodiyallohu anxu) ular bilan bir necha oy birga bo‘ldilar xolos. Xatto Alloh o‘z Rasulining muborak jonini olgunga qadar. Suroqa qattiq qayg‘uga tushdi.. U bir yencha yil oldin yuzta tuya uchun o‘ldirmoqchi bo‘lgan kishisi bilsaki yer yuzining barcha tuyalari uning bir tirnog‘iga xam arzimas ekan.
Suroqa bir necha yillar oldin Allohning Rasuli tarafidan unga aytilgan so‘zni qaytarar: «Ey Suroqa Kisroning bilak uzugini taqqaningda qanday bo‘larkan-a?»
Va u kishining qalbida bir kun kelib, o‘sha bilak uzukni taqishligiga shubxa yo‘q edi.
* * *
Ko‘p o‘tmasdan Abu Bakr (rodiyallohu anxu) va undan so‘ng Umar ibn Xattob Al Farrux (rodiyallohu anxu)ning xalifalik davrlari boshlandi. Umar ibn Xattob (rodiyallohu anxu)ning xalifalik davrlarida musulmonlar ko‘p joylarni zabt etishdi va Fors mamlakatini xam fatx etishdi. Ular mustaxkam Qal’alar ostida jang qilib oxiri Forslar saltanatini boyligi bilan qo‘lga kiritishdi. Umar (rodiyallohu anxu)ning xalifalik yillari oxirgi kunlarida Madinaga Saad ibn Abu Vaqqos (rodiyallohu anxu) xursandlik bilan g‘alaba xabarini olib keldilar. Ular o‘zlari bilan musulmonlar g‘aznasining Allohning yo‘lida qo‘lga kiritilgan, besh qismiga teng keladigan g‘animatlarini topshirdilar.
Umar (rodiyallohu anxu) g‘animatlarga nazar solib, ular orasidagi bir qimmat baxo Kisroning taqinchoqlari va qimmat baxo ko‘zlar qadalgan tojisiga ko‘zlari tushdi. Ular orasida antiqa bilak uzuk xam bor edi. Qo‘llaridagi kaltak bilan ularni ustini yopib qo‘yib, so‘ng atrofga qarab:
“Jangchilar albatta yaxshi va xalol ishlashdi.”
Ular orasida Ali ibn Abu Tolib (rodiyallohu anxu) turib aytdilarki:
“Albatta Siz oliyjanob kishidursiz, agar qo‘l ostingizdagilarga oliyjanoblik qilmaganinggizda, ular xam oliyjanoblik qilmagan bo‘lur edilar, ey mo‘minlar amiri!”
Umar ibn Xattob (rodiyallohu anxu) Suroqa ibn Molik (rodiyallohu anxu)ni chaqirib, u kishiga Xusroning ko‘ylagini va shalvarini va oyoq kiyimlarini berib o‘zlari belbog‘ bilan Kisroning tojisini taqib qo‘ydilar. Bu xodisani musulmonlar Allohu akbar .. Allohu akbar .. deb olqishlashdi.
Umar (rodiyallohu anxu) Suroqa (rodiyallohu anxu)ga qarab dedilar:
“Madlaj qavmining bolasiga qarang. Vox, vox, Kisroni toji va bilakuzugini taqib olganini qarang.
Boshlarini osmonga qaratib Umar (rodiyallohu anxu) duo qildilar:
«Ey Alloh! Sen bu mollarni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bermading, va mendan senga yaxshiroq bo‘lgan Abu Bakrga xam bermading… va o‘zingdan panox so‘raymanki meni karix (yomon) ko‘rmaginki menga shularni berganing uchun.
Umar xamma g‘animatlarni musulmonlarga taqsimlab bo‘lgunlaricha joylaridan jilmadilar. Alloh xammalaridan rozi bo‘lsin.