SURIYALIKLAR

SURIYALIKLAR (Suriya arablari) — xalq, Suriyaning asosiy aholisi. Suriyada 11,75 mln. kishi yashaydi (1990y. lar oʻrtalari). Shuningdek, Kuvayt (100 ming kishi)da ham yashaydi. Umumiy soni 11,85 mln. kishi. Arab tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar, shialar, xristianlar ham bor. Mil. 7-a. da Suriya Arab xalifaligiga qoʻshib olinishi natijasida mahalliy, oromiy tilda soʻzlashuvchi aholi tez surʼatlarda arablashgan va Suriyaliklar xalq sifatida shakllana boshlagan. Asosiy mashgʻulotlari — dehqonchilik, yarim koʻchmanchi chorvadorlik; S. ning bir qismi sanoatda band.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x