SURGUT

SURGUT — RF XantiMansilar muxtor okrugidagi shahar (1965-y. dan). 1975-y. da Tyumen sh. bilan temir yoʻl orqali bogʻlangan. Ob daryosining oʻng sohilidagi port. Aholisi 274,8 ming kishi (1998). Surgut 1593-y. Ostyak qalʼasi oʻrnida ostrog sifatida barpo qilingan. Shahar nomi unga yaqin boʻlgan Ob daryosining tarmoqchasi nomidan olingan. S. Sibirni ruslar tomonidan mustamlakaga aylantirishda tayanch markazi boʻlgan. 1782-y. dan Tobolsk namestnichestvosidagi shahar. 1804—67 y. larda shahar maqomida boʻlmagan. 1868-y. dan Tobolsk gubernyasi, 1898-y. dan uyezdi markazi. 1920y. lar boshida aholisi kamligi bois shaharchaga aylantirilgan. 1930-y. dan Tyumen viloyati tarkibidagi XantiMansilar milliy okrugida. 1950—60y. larda neft va gaz konlarining ochilishi munosabati bilan Surgut tez rivojlana boshladi. 1965-y. da shahar maqomini oldi. Neft qazib olish sanoatining yirik markazi. Gazni qayta ishlash, yogʻochsozlik, oziqovqat sanoatlari rivojlangan. Uyjoy qurilish, baliqni qayta ishlash ktlari bor. Oliy oʻquv yurti, oʻrta maxsus bilim yurtlari, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x