SURAPATI

SURAPATI (Surapati) (? 1706) Indoneziya milliy qahramoni, Yava o. da golland mustamlakachilariga karshi harakat rahbari (17-a. ning 80y. lari — 18-a. ning boshlari). Jakartadagi bir golland savdogarining quli boʻlgan. Gʻarbiy Yavaga qochib, gollandlarga qarshi kurashayotgan partizan otryadlaridan birining komandiri boʻlgan, keyinchalik, Gollandiya OstIndiya kompaniyasida xizmat kilgan. Golland ofitserlarining tahqiriga chidamay, oʻrmonga qochgan. Mataram sultoni xizmatiga kirgan (1685) va poytaxt Kartasurgaga uni qoʻlga tushirish uchun kelgan golland otryadi ustidan gʻalaba qozongan. Shundan keyin Sharqiy Yavada mustaqil davlat tuzgan. 1705-y. da gollandlarga karshi urushda ishtirok etgan. 1706-y. kattiq yaralanib, vafot etgan. Bangil qalʼasini mudofaa qilishda Surapatining oʻgʻillari gollandlarga karshi kurashganlar (1719-y. gacha). Davlat barham topgach, Surapati avlodlari Sharqiy Yavada 18-a. ning 60y. larigacha partizanlik kurashini davom ettirishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x