DO`STLARGA ULASHING:
Suprastin foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
?Suprastin — antigistamin vosita hisoblanadi.
?Har bir tabletka — 25 mg xloropiramin gidroxlorid saqlaydi.
?Suprastin tabletkasi haqida
?Dori shakli — tabletka
?Faol modda:
Xloropiramin gidroxloridi
?Qo’llanilishi
— pichan isitmasi, konyunktivit, eshakyemi, o’simliklar va kimyoviy moddalar chaqirgan dermatit kabi achishish bilan kechuvchi allergik reaksiyalarda
— Oziq ovqat, dori allergiyalarini va hasharot chaqqanda qabul qilinadigan antigistamin vosita
?Nojo’ya ta’siri
— Keksa va xolsizlangan bemorlarda uyquchanlik , bosh aylanishi, toliqish, arterial
bosim pasayishi mumkin. (Shuning uchun ehtiyorkorlik bilan buyurish kerak)
— Jigar va buyrak faoliyati buzilganda dozani kamaytirish zarurati tugilishi mumkin
— Atropin, sedativ analgetiklar, sedativ vositalar, uxlatuvchi vositalar, ko’z tomchilari ta’sirini kuchaytirishi aniqlangan .
— Fotosezuvchanlikni chaqiradi.
? Qo»llash usuli va dozasi
— Kattalarga : 1 ta tabletkadan kuniga 3 — 4 marta
— Bolalar va 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlarga : 1/2 tabletkadan kuniga 2 marta buyurish mumkin.
?Qo’llashga qarshi ko’rsatma
— Preparatga yuqori sezuvchanlik bolganda
— Glaukomada
?ESLATMA: Suprastin ineksiya uchun ampula va tabletka ko’rinishida chiqadi