SUPORISH (fors. — topshiriq, havola) — oʻzbek va tojik mumtoz ashula va cholgʻu yoʻllari, ayniqsa, maqom turkumlarining tushirim qismi. Shashmaqomda S shoʻbalar turkumining ijro etilishida ularning birini ikkinchisiga (mas, Saraxbor shoʻbalaridan — talqinlarga, talqinlardan — nasrlarga) uzviy bogʻlash vazifasini ham oʻtaydi. Baʼzan yirik shoʻbaning tugallovchi (xotima) qismi sifatida kelgan Suporish tarona ham deyiladi. Slarda doira usuli oʻzidan keyin keladigan shoʻbalar usulida boʻladi. Suporishning yana bir turi har bir maqom birinchi guruh shoʻbalari turkumining tugallovchi qismi boʻlib, odatda, Saraxborlarning boshlangʻich kichik boʻlagiga asoslanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые