Sunnatilla Anorboyev (1922–2003)

Taniqli adib, mohir jurnalist Sunnatilla Anorboyev 1922 yilda Janubiy Qozogʻiston viloyatining Turkiston tumanidagi Qarnoq qishlogʻida tavallud topgan. Avval toʻliqsiz oʻrta maktabda, soʻngra Namangandagi pedagogika texnikumida tahsil oldi. Nihoyat, Toshkent davlat pedagogika institutida oʻqishni davom ettirdi. 1942–1945 yillarda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etdi.

Urushdan qaytgach, oʻqituvchilik qildi. 1949 yillardan boshlab respublika gazeta-jurnallarida faol qatnasha boshladi. Sunnatilla Anorboyev lavha, maqola, ocherk yozishdan hikoya, qissa va roman yozish darajasiga koʻtarildi.

Uning taniqli yozuvchi boʻlib yetishishida “Sharq yulduzi” jurnali, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti va boshqa matbaa oʻchoqlaridagi faoliyat mahorat maktabi boʻlib xizmat qildi.

Adibning dastlabki hikoyalari 1950 yildan boshlab matbuotda koʻrina boshlagan boʻlsa-da, ilk hikoyalar toʻplami 1958 yilda nashr etildi. Chorvadorlar hayotidan olib yozilgan “Oqsoy” romani 1962 yilda chop etildi va kitobxonlar tomonidan iliq qarshi olindi.

1979 yilda adibning “Sayli” degan ikkinchi romani dunyo yuzini koʻrdi. Shundan soʻng “Umr”, “Suzib borar arxarlar”, “Sayribogʻ”, “Toʻrtkoʻzning boshidan kechirganlari” kabi qator qissalari yaratildi va nashr etildi. Shuningdek, turli mavzudagi oʻnlab publitsistik maqola, ocherklari eʼlon qilindi.

Adibning bir qator asarlari koʻplab xorijiy tillarga tarjima boʻlgan. Adabiyot oldidagi xizmatlari eʼtirof etilib, unga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” degan sharafli unvon berildi. 1999 yilda Sunnatilla Anorboyev “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti 2016) kitobidan.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/sunnatilla-anorboyev-1922-2003/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x