SUMI

SUMI — Ukrainadagi shahar, Sumi viloyati markazi. Psyol daryosi boʻyida. Xarkov — Vorojba yoʻnalishidagi t. y. stansiyasi. Aeroport bor. Aholisi 293,1 ming kishi (2001). Sumiga 1652-y. da asos solingan. 1658—1765-y. larda Sumi slobodasining markazi. Sumi 1765-y. dan Sumi provinsiyasining markazi. 1780-y. dan Xarkov noibligining uyezd shahri. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida shaharda metallsozlik, mashinasozlik, shakarkand korxonalari qurildi. 1939-y. da Sumi viloyati markazi.

Sumi — Ukrainaning muhim sanoat markazi. Sanoatining yetakchi tarmoklari: mashinasozlik («Nasosenergomash» ishlab chiqarish. birlashmasi, ogʻir kompressor, choʻyan quyish, elektron mikroskoplar, «Sumselmash» z-dlari), kimyo (fosfat oʻgʻitlar, kislota ishlab chikariladi), oziqovqat (shakarqand, likyoraraq, sut z-dlari, goʻsht k-ti), yengil (movut, tikuvchilik, poyabzal f-kalari) sanoatlari. Qurilish k-ti, mebel z-di bor.

Sumida pedagogika inti, Xarkov politexnika in-tining filiali, oʻrta maxsus bilim yurtlari, teatrlar, oʻlkashunoslik, badiiydekorativ sanʼat muzeylari, filarmoniya mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Voskreseniye (1703), Ilinskaya (1836) cherkovlari, SpasPreobrajeniye sobori (1776) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x