SULTONXON TANBUR (asli Sultonxon Hakimov; 1885 — Chimkent — 1922) — oʻzbek sozandasi. Sultonxon Tanbur sozanda akalari bilan birgalikda tanbur chalib yoshligidan mohir ijrochi sifatida shuhrat qozongan. Tabiatan musiqa eshitish qobiliyati va xotirasi kuchli boʻlib, nafaqat milliy musiqa namunalari, balki boshqa xalqlar musiqasining murakkab asarlarini ham nihoyatda tez oʻrganib olardi. 1905—07 y. larda bir qancha oʻzbek ashula va kuylari (mas, «Chorgoh», «Shafoat» va b.), Fargʻona — Toshkent maqom yoʻllari Sultonxon Tanbur va Toʻychi hofiz ijrosida Moskvada ilk bor grammofon plastinkasiga yozib olingan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые