SULTONSHOH

SULTONSHOH Xorazmshoh, Sultonshoh Mahmud, Jaloliddin Mahmud Sultonshoh (? — 1193.19.9) — Anushteginiylar sulolasidan boʻlgan Xorazmshohlar davlati shahzodasi(1172—93). Elarslon va Turkon xotunning kenja oʻgʻli. Sultonshohning akasi Takash Jand viloyatida voliy boʻlib turgani uchun otasi oʻlimi oldidan Sultonshohni valiaxd etib tayinlagan. Ammo, davlat va harbiy ishlarga uning onasi Turkon xotun bosh boʻlgan. Takash Sultonshohga boʻysunishdan bosh tortgan, u qoraxitoylar yordamida Gurganjga qoʻshin tortgan. Sultonshoh onasi bilan Nishopurga qochib borib Muayyid addavla OyAbo quzuridan panoh topgan. 1172-y. 11 dek. da Takash rasman Xorazm taxtiga oʻtirgan, birok, Sultonshoh bilan Takash oʻrtasidagi kurash yana 20 y. davom etgan. S. Xurosondagi bir qancha viloyat, shaharlarni egallab, Marv sh. ni oʻziga qarorgoh qilgan. U Takashga qarshi kurashda goh qoraxitoylardan, goh gʻuriylardan koʻmak olib turgan.

Ad.: Buniyodov 3., Anushtegin xorazmshohlar davlati (1097-1231), T., 1998.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x