Sultonposhsha O’dayeva — Ko’rmasam bo’lmasmidi

Qaydanam ko’rgan ekanman, ko’rmasam bo’lmasmidi,
Qaydanam suygan ekanman, suymasam bo’lmasmidi? (x2)

Qaydanam yo’llar tutashdi, yo’llaringga ey nigor, {x2}
Yo’llarimni san tomona burmasam bo’lmasmidi? {x2}

Qaydanam tushdi boshimg’a bu sevgi savdolari,
Bu sevgi savdosi boshga, tushmasa bo’lmasmidi? {x2}
Qaydanam suygan ekanman, suymasam bo’lmasmidi?

Qaydanam suygan ekanman, o’tdi umrim hajrida, {x2}
Dilga Mahmud urdi hanjar, urmasa bo’lmasmidi? {x2}

Qaydanam suygan ekanman, suymasam bo’lmasmidi,
Qaydanam ko’rgan ekanman, ko’rmasam bo’lmasmidi?

Suymasam bo’lmasmidi, ko’rmasam bo’lmasmidi?

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x