SULTONOVA

SULTONOVA Toshxon (1909.7.1, Fargʻona viloyati Toshloq tumani — 1989.25.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1955). Moskva oʻzbek drama studiyasini tugatgach (1927), Hamza teatrida ishlagan. Sultonova ijodiga oʻzbek ayollari obrazi xos, u ayniqsa, xarakterli rollar ustasi. Qaxramonlari psixologiyasi, ularning ichki dunyosini ochishda hayotiy unsurlardan omilkorlik bilan foydalangan, ularning milliyligiga aloxida eʼtibor bergan. «Ikki boyga bir malay»dagi Smeraldina, «Revizor»da Anna Andreyevna, «Boy ila xizmatchi»da Rahima xola, «Muhabbat»da Toshxon, «Yurak sirlari»da Roʻzvon, «Turkiya haqida hikoyalar»da Fotima, «Ogʻriq tishlar»da Rohila, «Hurriyat»da Xosiyat, «Parvona»da Adolat, «Mirzo Ulugʻbek»da Gavharshodbegim, «Komissiya»da Tuhfa kabi rollari bilan tanilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x