SULTONALI QOINIY (15-a. 2-yarmi 1517) — xattot, shoir; nastaʼliq xati ustasi. Xattotlikni Azhar Tabriziydan oʻrgangan. Ijodini Tabrizda boshlagan, keyin Xirotga kelib Jomiy xizmatida boʻlgan. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida ijod qilgan. Navoiy «Majolis unnafois» tazkirasida «tabʼi va salohiyati koʻptur», deb taʼriflaydi, Xondamir «Xulosat ulaxbor» asarida «nastaʼliqni bagʻoyat toza va yaxshi uslubda yozadi», deb taʼkidlaydi. Sultonali Qoiniy oʻz ijodida ustozining xat uslubini rivojlantirgani bilan Sultonali Mashhadiyga yaqin turadi, ayniqsa, mayda nastaʼlikda yaxshi yozgan,. Jomiyning «Devon»i (Texrondagi Saltanat kutubxonasida), Xamadoniyning «Tamhidot» (1479, Rossiya milliy kutubxonasida), Navoiyning «Gʻaroyib ussigʻar» (Istanbul, un-t kutubxonasida 7 ta rayem bor) asarlari va b. qoʻlyozmalarni koʻchirgan. Sultonali Qoiniy koʻplab qitʼalar bitgan, aksariyati Turkiya majmualarida, jumladan, 13 namunasi Bahrom Mirzoning muraqqaʼsi (Istanbul, Oʻfqof, Xazina kutubxonasida sakdanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые