SULTON UVAYS BOBO MAJMUI

SULTON UVAYS BOBO MAJMUIBeruniy (Qoraqalpogʻiston) tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (17—19a. lar). Sulton Uvays (asl ismi Suhayl ibn Omir ibn Rumon ibn Nohiya ibn Murod) Yamanning Qaran qishlogʻi Murodiy qabilasida (mil. 625-y. da) tugilgan. Hazrati Ali va Muoviya askarlari oʻrtasidagi Siffin jangi (657-y.)da 32 yoshida shahid boʻlgan. Suriyaning Sofa qishlogʻida dafn etilgan. Sulton Uvays hadislar yigʻish bilan shugʻullangan (7a. 1-yarmi). Uning izdosh muxlislari 17-a. da ramziy kabr (Shohabbos hoz. Beruniyda) va ziyoratgoh bunyod etishgan. Olloqulixon shayxga atab katta masjid va alohida 10 ta chillaxona qurdirgan (19-a.). Majmua toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (21,5×53 m), shim. dan — jan. ga tomon yoʻnaltirilgan. Sulton bobo maqbarasi, keyinchalik bunyod etilgan (asosan, gumbazli) maqbaralar va b. atrofi gʻishtin devor bilan oʻralgan hovlining shim. qismida joylashgan. Jan. da masjid, ayvon, xujra va mehmonxonalar bor. Majmuaga gʻarbdan kiriladi. SU. b. m. oʻrta asr Xorazm meʼmoriy anʼanalari asosida (pishiq gʻishtdan) qurilgan. Xorazm viloyati hokimligi tashabbusi bilan ziyoratxona, kirish qismi taʼmirlangan (2002).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x