SULTON SAODAT MAJMUI

SULTON SAODAT MAJMUI — Termizdagi meʼmoriy yodgorlik (10—17a. lar). Termizning sharqida joylashgan bu ziyoratgoh 7 a. davomida shakllangan. 20 ga yaqin maqbarani oʻz ichiga olgan. Unda Sayyidlar sulolasining maqbaralari joylashgan. Dastlab shu atrofdagi yerlar egasi, paygʻambarimiz avlodlaridan boʻlmish Hasan alAmir (9-a. 2-yarmida vafot etgan) maqbarasi bunyod etilgan. Xalq orasida S. Sm. nomi bilan mashhur boʻlgan maqbaralar 10-a. da, qolganlari, asosan, 15—17-a. larda yonmayon qurilib, uzun hovlining 2 tomonini egallagan. Makbaralar peshtoq va gumbazli chorsi xonalar (9×9,05 m va 10,15×10,25 m) dan iborat. Hovlining toʻridagi peshtoq va ikki qanotidagi gumbazli maqbaralar bir xil tarxda, jan. dagi maqbara zinalar gʻisobiga kichikroq koʻrinadi. Shim. gʻarbidagi maqbaraning qurilma va bezaklari oddiy gʻisht (27x27x5 sm) dan juftjuft qilib terilib, mavjli bezak hosil qilingan. Ichki xona devorlariga gʻishtdan hoshiyali boʻrtma ravoqlar ishlangan. Jan. gʻarbdagi maqbara shim. gʻarbdagidan bir oz kichik, koʻrinishi oddiy, ganch suvokli. Mazkur 2 maqbara orasidagi peshtokli supa toʻriga mehrob joylashgan. Sirkor koshinlar binoga alohida husn bagʻishlagan. 15 —17-a. larda qurilgan maqbaralarda oʻsha davrga xos yulduzsimon girih naqshlar, ganchkori bezaklar keng qoʻllanilgan. Majmua mustaqillikdan keyin taʼmirlanib, ziyoratgohga aylantirilgan.

Ad.:Arshavskaya Z. A., Rtveladze E. V., Xakimov Z. A., Srednevekovыye pamyatniki Surxandari, T., 1982.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x